Saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilingani haqidagi xabar yolgʻon - MSK

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Prezident saylovi dastlabki natijalari soat 16:00da eʼlon qilinadi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan har-xil axborotlarga ishonmang - MSK.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, prezident saylovining dastlabki natijalari haqidagi xabarlar yolgʻon, deb xabar qildi MSK matbuot kotibi Jaloliddin Usmonov. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev tomonidan eʼlon qilinishini yana bir karra eslatib oʻtamiz", - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti saylovi 24 oktyabr kuni soat 20:00da yakunlangan edi. Saylovda 16 million 36 ming 914 nafarni saylovchi yoki 80,8 % ishtirok etdi. MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylov qonunchilkka toʻla muvofiq ravishda boʻlib oʻtganini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala