Shavkat Mirziyoyev 80,1% ovoz toʻpladi: saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilindi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekistonda prezident saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Shavkat Mirziyoyev - gʻolib, Maqsuda Vorisova - ikkinchi, Alisher Qodirov - uchinchi oʻrinda.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. MSK 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishicha, ayni damda barcha saylov uchastkalarida byulletenlar hisoblab boʻlingan. Ularning natijalari quyidagicha:
80,1 % Shavkat Mirziyoyev (OʻzLiDeP);
6,6 % Maqsuda Vorisova (OʻzXDP);
5,5 % Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” DP);
4,1 % Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya);
3,4 % Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP).

"Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan demokratik printsiplarga toʻla mos holda koʻtarinki ruhda oʻtkazildi", - dedi MSK raisi Nizomxoʻjayev.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredvaritelnыe itogi vыborov
Predvaritelnыe itogi vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Predvaritelnыe itogi vыborov
Aytish joizki, bu yilgi Oʻzbekiston prezidenti saylovida aholi faol ishtirok etdi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da saylovchilarning 33.6 % (6,7 mln kishi) ovoz berishga ulgurgan edi. Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovchilarning 33% ovoz bersa, saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi.
Soat 20:00 holatiga saylovichilarning 80,4% ovoz berishdi, 16 mln
Saylovni kuzatib borgan xalqaro ekspertlar uning qonunlarga muvofiq ravishda boʻlib oʻtganini qayd etishdi. Xususan, MDH ijroiy kotibi, MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev "Saylovlar Oʻzbekiston saylov kodeksiga mutlaq muvofiq va yuqori darajada" boʻlib oʻtganini taʼkidladi.
Respublika bosh prokurori hisobotiga koʻra, saylov jarayonida birorta ham qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi.
Prezident saylovlarida nafaqat Oʻzbekiston ichida yashayotgan, balkim xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar ham faol ishtirok etishdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredvaritelnыe itogi vыborov
Predvaritelnыe itogi vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Predvaritelnыe itogi vыborov
Xususan, Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida ovoz berish uchun minglab fuqarolar kelishdi. Natijada koʻchada ham uzun navbat paydo boʻldi. Ob-havo salqin boʻlganini hisobga olib, elchixona navbatda kutib turganlarga issiq choy va buterbrodlar tarqatildi.
Saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga oʻrnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlarini akkreditatsiyadan oʻtgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar tomonidan keng yoritildi.
Undan tashqari saylovni 20ga yaqin xalqaro tashkilotdan, 50ka yaqin davlatdan kelgan 1000 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Shuningdek, mahalliy partiya va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridandan 64 450 nafar kuzatuvchi respublikaning barcha viloyat va hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida boʻlib, kuzatib borishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala