Dunyoda

"Tolibon"* Putinning gaplarini olqishladi

© SputnikMoskovskiy format konsultatsiy po Afganistanu
Moskovskiy format konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Urush tugadi, dunyo davlatlari oʻzlarining Afgʻonistonga munosabatida ijobiy oʻzgarishlar kiritishi kerak - Tolibon*.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Afgʻoniston muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidetnining “Tolibon”* harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish haqidagi bayonotini olqishladi.
Bu haqida Afgʻoniston TIV vakili Abdul Qahor Balxi oʻz Twitterida shunday yozgan:
“Afgʻoniston islom amirligi” TIV Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning amirlik rahbarlari ismlarini “qora roʻyxatdan” chiqarish haqidagi taklifini olqishlaydi.”
Uning soʻzlariga koʻra, “urush poyoniga yetgan, dunyo davlatlari oʻzlarining Afgʻonistonga munosabatida ijobiy oʻzgarishlar kiritishi kerak.”
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Vladimir Putin “Valday” halqaro munozaralar klubi majlisida Rossiya “Tolibon”*ni terrorchilar roʻyxatidan chiqarish haqidagi qarorga yaqinligi haqida gapirgandi.
“Tolibon”*ni roʻyxatdan chiqarish haqidagi qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerak. <…> Biz “Tolibon”*dan Afgʻonistondagi vaziyat ijobiy yoʻnalishda oʻzgarishini kutmoqdamiz. Shundan kelib chiqqan holda, hamjihatlikda, ularni terrorchilar roʻyxatidan chiqarish haqida qaror qabul qilamiz. Menimcha biz bunga yaqinlashmoqdamiz...”, - degan edi Putin.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning avgust oyida AQSH va NATO qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilganidan soʻng Toolibon* harakati qisqa fursat ichida butun Afgʻoniston hududini egallab olgan edi. Shundan soʻng Tolibon* oʻz vakillaridan iborat hukumat roʻyxatini hamda mamlakatda shariat qonunlari oʻrnatilishini eʼlon qildi.
Shundan soʻng xalqaro hamjamiyat Tolibon* eʼlon qilgan hukumat tarkibida aksariyat pushtun millatiga mansub ekani taʼkidlab, uning inklyuziv emasligini, yaʼni mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar va millatlarni qamrab olmaganini tanqid qildi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat Tolibon*dan inson huquqlari, jumladan ayollar tenghuquqligini taʼminlashni talab qilishdi.
*”Tolibon” -Rossiya Oliy sudi tomonidan 2003 yilda terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala