Vorisova va Qodirov Mirziyoyevni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklashdi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Dastlabki natijalarga koʻra, OʻzLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozi bilan gʻolib chiqqan.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. XDP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyalaridan prezidentlikka nomzod boʻlganlar Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklashdi.
Markaziy saylov komissiyasi eʼlon qilgan Oʻzbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalariga koʻra, OʻzLiDePdan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozi bilan gʻolib chiqqan.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining nomzodi Maqsuda Vorisova 6,6 foiz ovoz bilan 2-oʻrinni egalladi.
“Biz buni xalqimiz siyosiy irodasining amaldagi ifodasi deb bilamiz va saylov natijalarini toʻla-toʻkis tan olamiz”, - dedi Vorisova.
Uning taʼkidlashicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, eʼlon qilingan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” xalqning qalbidan chuqur oʻrin egalladi.
“Biz ham oʻz navbatida saylangan prezidentga xalqimiz farovonligini taʼminlash va yurtimiz ravnaqiga qaratilgan ulugʻvor maqsadlarni roʻyobga chiqarishda hamda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda oʻzimizning hissamizni qoʻshishga va tinimsiz ishlashga tayyorligimizni bildiramiz”, - deyilgan XDP nomzodi bayonotida.
Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov jami saylovchilarning 5,5 foiz ovozini qoʻlga kirishga erishdi.
Nomzod Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni oʻzi va partiya nomidan samimiy tabrikladi.
“Barchamizning umumiy maqsadimiz boʻlgan ona Vatanimizning taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi yoʻlida qoʻlni-qoʻlga berib, birgalikda faoliyat koʻrsatishimiz lozimligini taʼkidladi”, - deyiladi partiya bayonotida.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Markaziy Osiyo yetakchilari Mirziyoyevni saylovdagi gʻalabasi bilan qutlashmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala