Sport

"Chapaqay oʻzbek": yosh bokschi irlandiyalik raqibini oʻq tezligida tor-mor qildi - video

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksyor Asadxodja Muydinxodjayev
Boksyor Asadxodja  Muydinxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Serbiyada oʻtkazilayotgan Jahon chempionatiga Oʻzbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda yoʻl olgan - tafsilotlar materialimizda
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida boshlangan boks boʻyicha navbatdagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik bokschi 20 yoshli Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - 67 kg vazn toifasida irlandiyalik Yudjin Makkiviga qarshi jang oʻtkazdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi nomidan 1-kungi janglarda faqat bir bokschi - Moʻydinxoʻjayev ishtirok etdi.
Moʻydixoʻjayev uchala raundda ham faol harakat qilib, gʻalabani oʻzi tomonga ogʻdira oldi - u 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Moʻydinxoʻjayevning irlandiyalik raqibi Yudjin Makkivi 23 yoshda. Shu vaqtgacha 79 ta jang oʻtkazgan, shundan 57tasida gʻalaba qozongan, 21tasida magʻlubiyatga uchragan va 1ta uchrashuvni durrang bilan yakunlagan.
Makkivi ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng Moʻydinxoʻjayev 1/16 finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Keyingi jangni 28 oktyabr kuni falastinlik bokschi Xarara Axmadga qarshi oʻtkazadi.
Serbiyada oʻtkazilayotgan Jahon chempionatiga Oʻzbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda yoʻl olgan.
Uchta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasida boks ishqibozlari orasida mashhur Hasanboy Doʻstmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Shahram Gʻiyosov kabi tajribali bokschilar bor.
Sal avval Oʻzbekiston boks federatsiyasi ushbu musobaqada qatnashadigan sportchilar nomini rasman maʼlum qilgan edi.
Roʻyxat quyidagicha:
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Doʻstmatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg. Abdumalik Halokov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev
-71 kg. Shahram Gʻiyosov
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-80 kg. Odiljon Aslonov
-86 kg. Shohjahon Abdullaev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala