Dunyoda

Ilon Mask bir sutkada 36 milliard dollarga boyidi

© AFP / ERIC PIERMONTIlon Mask. Arxivnoye foto.
Ilon Mask. Arxivnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Bunga Hertz servisi birdaniga 100 ming dona Tesla avtomobillariga buyurtma berganligi sabab boʻldi
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 25 oktyabr, dushanba kuni 36,2 milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda Bloomberg sayti milliarderlar roʻyxatida eʼlon qildi.
Boomberg nashrining endilikda eʼlon qilishicha, Ilon Maskning boyligi 289 milliard dollarga teng. Bu uning dunyodagi eng badavlat kishilar qatorida, muqim birinchi oʻrinni egallashiga asos boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, dushanba kuni Tesla’ning bozor kapitalidagi ulushi 1 trillion dollarlik nuqtaga yetgan. Gap shundaki, avtomobil ajarasi xizmatlariga ixtisoslashgan Hertz servisi birdaniga 100 ming dona Tesla avtomobillariga buyurtma bergan. Mazkur bitim elektromobillarni eng yirik xaridi sifatida tarixda qoldi.
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiya
Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari – Forbes yangi reytingi
Nashrning qayd etishicha, ikkinchi oʻrinda 193 milliard dollar bilan Jeff Bezzos egallagan. Uchinchi oʻrinda 163,7 milliardlik boyligi bilan Bernar Arno joy olgan. Toʻrtinchi oʻringa 134 milliardi bilan “Microsofot” asoschisi Bil Geyts loyiq koʻrilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala