Jamiyat

Jumanazar aka yagona emas - NASA rahbari ham oʻzga sayyoraliklarga ishonadi

© AFP / Patrick T. FallonChelovek v kostyume inoplanetyanina v letayuщey tarelke katayetsya na rolikovыx konkax po ulitse vo vremya festivalya NLO v Rozuelle, shtat Nyu-Meksiko, SSHA
Chelovek v kostyume inoplanetyanina v letayuщey tarelke katayetsya na rolikovыx konkax po ulitse vo vremya festivalya NLO v Rozuelle, shtat Nyu-Meksiko, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Shu haftada NASA yetakchisi amerika harbiylarini taʼqib qilayotgan uchar obʼyektlar muqobil sayyoradan kelgan mavjudotlar boʻlishi mumkinli haqida fikr bildirdi
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Amerikaning NASA kosmik agentligi direktori Bill Nelson oʻzga sayyoraliklar mavjudligiga shama qildi.
Oʻtmishda astronavt boʻlgan Bill Nelsonning qayd etishicha, oʻzga sayyoraliklar mavjudligi faktini tasdiqlovchi qator dalillarga ega. U shuningdek, boshqa galaktikalardan kelgan ushbu mavjudotlar Yer sayyorasiga qarshi yovuz niyatda boʻlmasligiga umid bildirgan.
Sled ot raketы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Oʻzga sayyoraliklar yoki meteoritmi? Qirgʻizistonda nomaʼlum uchar jism parvozi videoga olindi
Nelsonning soʻzlariga koʻra, NASAning asosiy vazifalaridan biri koinot ortida hayot mavjudligiga dalil topish sanaladi. Uning aytishicha, 2004 yilda Harbiy dengiz kuchlari uchuvchilari uchar jismlarni koʻrishgan. Va shu voqeadan keyin shunga oʻxshash 300taga yaqin holatlar qayd etilgan.
"Bu uchuvchilar ularni radar yordamida aniqlagan va kuzatgan. Nomaʼlum uchib yuruvchi obʼyektlar shunchlik tez harakatlanganki, buni tasavvur qilib boʻlmaydi. Demak, biz nima sababdan bunday boʻlgani va ular nima ekanini tushuntirishimiz kerak", — degan u.
Eslatib oʻtamiz, uchar jismlarni koʻrganva oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashgani haqidagi gap-soʻzlardan keyin namanganlik Jumanazar Rahmonov "Jumanazar aka" sifatida oʻzbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida mashhur boʻlib ketgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala