Iqtisod

Mirziyoyev gʻalabasidan keyin Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari qanday kechadi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Dushanba kuni Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Amaldagi yetakchi Shavkat Mirziyoyev saylovlarda gʻalaba qozondi
TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziyoyevning prezident saylovlaridagi ikkinchi gʻalabasidan soʻng barcha hamkorlik sohalarida faqat rivojlanib va mustahkamlanib boraveradi.
Ma’no tadqiqotlar tashabbusi markazi rahbari Baxtiyor Ergashev RIA Novosti bilan suhbatda shunday fikr bildirgan.

"Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari istiqbollari qanday kechishi haqida fikr bildiradigan boʻlsak, shubhasiz, bu munosabatlar rivojlanadi va chuqurlashib boraveradi".

Ma’no tadqiqotlar tashabbusi markazi rahbari Baxtiyor Ergashev

Ergashevning qayd etishicha, Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddatida ham Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari oʻz taraqqiyotining yanada yuqori bosqichiga chiqqan.
Xususan, iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilgan: bunda eksport-import postavkalaridan tortib, Rossiya kapitalining jiddiy loyihalarga investitsiya qilinishini misol keltirish mumkin.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Markaziy Osiyo yetakchilari Mirziyoyevni saylovdagi gʻalabasi bilan qutlashmoqda
Ekspert soʻzlariga Oʻzbekiston prezidentining RFga tashrifi uning ikkinchi muddatga saylanganidan keyin ilk rasmiy tashrifiga aylanadi.
Shuningdek, Ergashev fikricha, janubiy yoʻnalishda Afgʻonistondagi vaziyat bilan bogʻliq boʻlgan tahdidlarning kuchayishi ikkala davlat oʻrtasidagi harbiy-siyosiy hamkorlikni yanada kuchaytiradi.
Ekspert shu yerda Rossiya Oʻzbekiston uchun qurol-aslaha va harbiy texnika yetkazib beruvchi asosiy sherik ekanligini eslatib oʻtdi.
Shu bois, Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari faqatgina kuchayib boraveradi, deya xotima qiladi Ergashev.
MSK taqdim etgan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yakshanba kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 % ovozini olishga muvaffaq boʻlgan.
Ilgariroq, Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala