Hodisalar

Qashqadaryoda avtomobillar toʻqnashdi, ikkala haydovchi ham vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDorojnыy znak na meste avarii
Dorojnыy znak na meste avarii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Nexia-3 avtomobili haydovchisi aholi yashaydigan hududda harakatlanayotganiga qaramay, oldidagi mashinani quvib oʻtmoqchi boʻlganida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Captiva bilan toʻqnashib ketgan.
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar haydovchi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, YTH Nexia-3 mashinasining Captiva bilan toʻqnashib ketishi natijasida yuzaga kelgan.
DTP na perevale Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda toʻqqiz oy davomida 1,7 mingga yaqin kishi avariyalar qurboni boʻldi
Maʼlum boʻlishicha, toʻqnashuv Qarshi tumani hududidan oʻtuvchi 4R-89 Qarshi—Nishon—Tallimarjon IES avtomobil yoʻlining 4-kilometrida, yaʼni tumandagi "Mustaqillik" MFY hududida sodir boʻlgan.
Nexia-3 avtomobili haydovchisi aholi yashaydigan hududda harakatlanayotganiga qaramay, oldidagi mashinani quvib oʻtmoqchi boʻlganida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Captiva bilan toʻqnashib ketgan.
Avariya oqibatida ikkala avtomobilning haydovchilari ham voqea joyida halok boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan Qarshi tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala