Jamiyat

Rossiya bilan emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olish noyabrda boshlanishi mumkin

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Oʻzbekiston xorijiy davlatlar bilan vaktsinalanganlik haqidagi sertifikatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida hujjat tayyorlamoqda - Yusupaliyev.
TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiya bilan vaktsinalanganlik haqidagi sertifikatlarni oʻzaro tan olish haqida kelish uchun hujjat tayyorlamoqda. Bu haqida RIA Novosti Oʻzbekiston San Epidem xizmat rahbari Baxodir Yusupaliyevga asosan xabar qilmoqda.
“Biz kerakli hujjatni tayyorladik, noyabr oʻrtalarigacha uni Oʻzbekistonda muvofiqlashtirish yakunlanadi. Undan soʻng Rossiya tomoniga emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni oʻzaro tan olish uchun joʻnatiladi”, - deydi Yusupaliyev.
Sanepidemxizmat rahbarining soʻzlariga koʻra, ushbu hujjat standart koʻrinishda boʻlib, uning yordamida Rossiya va MDHning boshqa davlatlari hamda xorijiy davlatlar bilan vaktsinalarni oʻzaro tan olish rejelashtirilmoqda.
“Qolgani Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlar ushbu taklifga qanday munosabatda boʻlishiga bogʻliq”, - dedi Yusupaliyev.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda olti xil vaktsinalardan foydalanilmoqda. Respublikaga olib kelingan vaktsinalar soni 25 milliondan ortiq. Ayni damda emlanishi kerak boʻlgan aholining 25% - toʻliq, yaʼni uch doza, 50 % - kamida ikki doza va 80 % - kamida birinchi doza vaktsina bilan emlanishga ulugurgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala