Rossiya

Rossiya MDH davlatlari bilan shaxsiy maʼlumot almashadi

© Sputnik / Aleksey Panov / Fotobankka oʻtishSimvol pravosudiya
Simvol pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Rossiya hamdoʻstlik davlatlari bilan fuqarolik, sudlanganlik, mol-mulk va boshq shaxsiy maʼlumotlarni oʻzaro almashish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi MDH davlatlari bilan shaxsiy maʼlumot almashish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
Ushbu shartnomaga qoʻshilgan davlatlar, oʻzaro quyidagi maʼlumotlar bilan almashish huquqiga ega boʻladi:
Fuqarolik bor/yoʻgʻligi haqida;
Doimiy/vaqtincha yashashga ruxsat beruvchi hujjat bor-yoʻgʻligi haqida;
Doimiy/vaqtincha migratsion roʻyxatdan oʻtganlik haqida;
Uchinchi davlatga kirish vizasi berilganlik haqida;
Subʼyekt nomida boʻlgan koʻchmas mulk haqida;
Subʼyektning mol-mulkka doir majburiyati haqida;
Subʼyektni maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida;
Subʼyekt shaxsini aniqlovchi hujjatlar toʻgʻrisida.
Maʼlumot almashish uchun bir davlatning vakolatli organi ikkinchi tomonga yozma ravishda soʻrovnoma yuboradi. Ikkinchi davlat ushbu soʻrovnomaga ikki oy ichida javob qaytarishi kerak.
Soʻrovnoma olgan davlat, ushbu maʼlumot uning suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazadi yoki shaxsni diniy, milliy belgisiga koʻra taʼqib qiladi deb hisoblagan taqdirda – soʻrovnomaga javob bermaslik huquqiga ega. Har holda, bunday soʻrovni olgan tomon uning maxfiyligini taʼminlash uchun javobgar boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, MDH davlatlari orasida oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish va shaxsiy axborot almashish toʻgʻrisidagi shartnoma 2020 yilning 18 dekabrida imzolangan edi. Shartnoma 3ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan soʻng kuchga kiradi va cheklanmagan muddatga amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala