Iqtisod

YATTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Kelgusi yilning yanvaridan YATTlar va talabalarga uyini ijaraga bergan jismoniy shaxslar uchun soliqlar kamaytiriladi.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Kelgusi yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muhim oʻzgarishlar kirtish rejalashtirilmoqda. Bu muhokamaga chiqarilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.
Xususan, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan YATTlar uchun ijtimoiy soliqni BHMning 50% miqdorida belgilash rejalashtirilgan. Buning uchun Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagi oʻzgartirishni kiritish taklif etilmoqda:
“2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qoʻllaniladi.”.
Ikkinchidan, Soliq kodeksining 378-moddasini (soliq solinmaydigan daromadlar) yana bir band bilan toʻldirish rejalashtirilgan. Yaʼni, jismoniy shaxslar oʻz uylarida talabalarni ijaraga qoʻyishi natijasida olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bu kelajakda talabalar uchun ijara narxini pasaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Uchinchidan, korxonalarga QQS soligʻini toʻlashga doir yengillik kiritish taklif etilmoqda. Xususan, moliyaviy davr yakunida yetmay qolgan QQS uchun soliq organiga alohida murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi. QQSni qoplash uchun hisobot va ogohlantirish joʻnatish yetarli boʻladi.
Toʻrtinchidan, yer qaʼridan noruda foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar qazib olgan qazilma hajmini yashirishi – soliqni yashirishga tenglashtiriladi. Yaʼni bunday korxonalar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
OʻZbekiston Respbulikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi 9 noyabrga qadar muhokamada boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala