Jamiyat

Alimentdan qarzdorlarga transport boshqarish cheklanadi

CC0 / pixabay / Mujchina za rulem
Mujchina za rulem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Aliment toʻlovini uzrsiz sabablarga koʻra vaqtida toʻlamagan jismoniy shaxslarga transport boshqarish va litsenziyalangan faoliyat bilan shugʻullanish cheklanishi mumkin.
TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Yaqin kelajakda aliment va boshqa toʻlovlardan qarzdorlarga transport vositalarini boshqarish cheklanishi mumkin. Bu haqida normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida eʼlon qilingan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.
Xususan, aliment toʻlovi boʻyicha qarzdor jismoniy shaxsning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash rejalashtirilmoqda.
"Bunda jismoniy shaxs tomonidan qarz majburiyati belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli", - deyilgan taklif qilinayotgan qonun loyihasida.
Quyidagi holatlarda aliment toʻlovi boʻyicha qarzdorning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash qoʻllanilmaydi:
sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda;
agar shunday cheklash belgilanishi qarzdor tirikchiligining asosiy va qonuniy manbaidan mahrum qilsa;
agar qarzdor birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlsa yoki qarzdor qaramogʻida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi yoki nogiron bola deb tan olingan shaxsga bogʻliq boʻlsa;
agar qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan boʻlsa;
agar voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa.
Shuningdek, ushbu qonun normasi buzilgan holda quyidagi jazo chorasi nazarda tutilgan. Transport vositalarini boshqarish huquqi vaqtincha cheklangan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi cheklangan shaxslarga transport vositalarini boshqarishni topshirilishi — "bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala