Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kamilov Eron prezidenti bilan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

© IRNAKamilov na vstreche s prezidentom Irana Raisi
Kamilov na vstreche s prezidentom Irana Raisi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov chorshanba kuni Eron prezidenti Sayid Ibrohim Raisi bilan uchrashdi.

“Eron va Oʻzbekistonni qardoshlik aloqalari bogʻlab turadi. Islom respbulikasi Oʻzbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda hech qanday cheklov qoʻymaydi”, - dedi Raisi bilan uchrashuvda.

Uchrashuvda, Eron prezidenti hududagi, ayniqsa Afgʻonistondagi vaziyatdan tashvishda ekanini, Afgʻoniston uzoq vaqt davomida xorijliklar, ayniqa AQSH qoʻl ostida boʻlishi oqibatida ushbu mamlakat koʻplab azob-uqubat, qotilliklar va qon toʻkilishiga chidashga majbur boʻlganini qayd etdi.
"Bugungi kunda Eronda 4 millionga yaqin afgʻon qochqinlari yashamoqda va Eron Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatishda davom etmoqda. Umid qilamanki ushb vazirlar uchrashuvi Afgʻoniston muammolariga yechim topishda yordam beradi", - dedi Raisi.
Oʻz navbatida Abdulaziz Kamilov Toshkent va Tehron oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega va Oʻzbekiston Eron bilan aloqalarni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.
"Oʻzbekiston Islom Respublikasining Afgʻonistondagi vaziyatni oʻrganish boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatlaydi. Tehron sammiti Afgʻoniston uchun muhim siyosiy ahamiyatga ega va Oʻzbekiston uning natijalarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Hududda tinchlik va barqarorlik boʻlishi Oʻzbekiston manfaatlariga ham javob beradi”, - dedi Kamilov.
Maʼlumot uchun, 26-27 oktyabr kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Tehron shahrida boʻlib oʻtayotgan Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etmoqda. Urashuvda, Erondan boshqa yana olti davlat TIV delegatsiyalari ishtirok etmoqda. Xususan, Tojikiston, Pokiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Rossiya va Xitoy TIVlari onlayn formatda ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala