Dunyoda

Pavel Durov Telegram’dagi oʻzgarishlarni anons qildi

CC BY 2.0 / TechCrunch / Pawel Walerjewitsch DurowPavel Durov
Pavel Durov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Katta kanallarda telegramning rasmiy reklamalari chop etila boshlanadi, bunday reklamalar faqatgina barcha yangi xabarlar koʻrilganidan soʻng paydo boʻladi
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Tez orada Telegram ijtimoiy tarmogʻi oʻzining rasmiy reklamalarini koʻrsatishni boshlaydi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Durov bu yangilikni tarmoq foydalanuvchilariga minimal taʼsir koʻrsatishiga va faqatgina baʼzi foydalanuvchilar buni sezishlari mumkinligiga ishontirdi. U shunday deb oʻylashining uchta sabablarini ham koʻrsatib oʻtdi.
Birinchi sabab, Telegram, chatlar roʻyxatida, shaxsiy yozishmalar va guruhlarda reklamalarni koʻrsatmaslikka vaʼda berdi. "Reklama faqat yirik kanallarga taʼsir qiladi – bunday kanallardagi reklama, qoʻllab-quvvatlash va servislar Telegram uchun katta yuk boʻlmoqda", – deya qoʻshimcha qildi kompaniya rahbari.
Ikkinchi sabab, reklamalarni namoyishlarida shaxsiy maʼlumotlar eʼlon qilinmaydi. Foydalanuvchilarning maxfiyligi birinchi oʻrinda turadi. Reklama xabarlarining mazmuni foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlariga emas, balki faqat ular koʻradigan kanallar mavzulariga bogʻliq boʻladi.
Pavel Durov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2020
Jamiyat
Pavel Durov Amerikaga koʻchib oʻtmaslik uchun 7ta sababni aytdi
Uchinchi sabab, rasmiy reklama xabarlar Telegram’da tiqishtirilmasligini aytib oʻtdi. Ularda tashqi havolalar yoki ortiqcha rasmlarsiz faqat qisqa matnlarga ruxsat beriladi. Bunday xabarlar faqatgina kanaldagi barcha yangi xabarlarni koʻrgandan keyin paydo boʻlishi mumkin.
“Hozirgi kundagi reklamalar Telegram kanallarining egalari tomonidan chop etilmoqda. Joriy qilinayotgan rasmiy reklama xabarlari foydalanuvchilar uchun ortiqcha ogʻirlik tugʻdirmaydi, bunday reklamalardan tushgan mablagʻlar Telegram foydalanuvchilari uchun tekin va chegaralanmagan xizmatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladi”, deya yakunladi Pavel Durov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala