Iqtisod

Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqami boʻyicha pul oʻtkazishni boshlaydi

© AP Photo/Hussein MallaMujchina osuщestvlyayet denejnыy perevod
Mujchina osuщestvlyayet denejnыy perevod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Ushbu xizmat koʻpchillik mehnat migrantlariga qoʻl kelishi mumkin. Mehnat migrantlari Rossiyadan oʻz mamlakatlariga milliardlab dollar pul oʻtkazadi.
TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqam boʻyicha pul oʻtkazish tizimini ishga tushiradi, deb xabar qilmoqda Izvestiya nashri.
Banklar xulosasiga koʻra, ushbu yangilik birinchi navbatda Rossiyada ishlayotgan va doimiy ravishda oʻz vataniga pul joʻnatib turadigan mehnat migrantlariga maʼqul keladi.
Ayni damda ushbu xizmat va Sberbank va "Tinkoff" bankda yoʻlga qoʻyilgan. 2022 yilda "Yunistrim", "Mkb" va DOM.RF banklarida ham yoʻlga qoʻyiladi.
Sberbank aytishiga koʻra, hozirgi kunda telefon raqami orqali Markaziy Osiyo, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon va Moldovaga pul oʻtkazish mumkin.
Aytish joizki bugungi kunda Rossiyada telefon nomeri orqali Tezkor pul oʻtkazish tizimi (SPB) allaqachon ishga tushgan. Tizimga butun Rossiya boʻylab 200dan ortiq banklar ulangan. SPB yordamida jismoniy shaxslar bir-birlariga 100 ming rublgacha pul oʻtkazishlari yoki QR-kod yordamida tovar va xizmatlar uchun toʻlashi mumkin.
Rossiya Markaziy banki ham ayni damda SPB asosida oʻzining MDH davlatlariga pul oʻtkazish tizimini ishlab chiqmoqda.
Undan tashqari ushbu yilning 11 oktyabrida Rossiyada mehnat migrantlariga 5 mingdan 15 minggacha qarz berib turish tizimi ishga tushirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala