Jamiyat

Talaba qizni zoʻrlamoqchi boʻlgan dekan oʻrinbosari qamoqqa olingan - IIV izohi

© Sputnik / Aleksey FilippovAvtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx
Avtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Ekspertiza javoblari chiqqach, 23 oktyabr kuni gumonlanuvchi (dekan oʻrinbosari) protsessual tartibda qamoqqa olingan
TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Toshkentda talaba qizga tegajogʻlik qilgan dekan oʻrinbosari qamoqqa olindi.
Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosovning Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, dekan oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddaning birinchi qismi va 118-moddaning birinchi qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
"Hodisa roʻy bergan kuni ariza kelib tushgan va Ichki ishlar organidan hodisani oʻrganish uchun guruh yuborilgan. Ekspertiza javoblari chiqqach, 23 oktyabr kuni gumonlanuvchi (dekan oʻrinbosari) protsessual tartibda qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmokda", - dedi IIV mtabuot-xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov.
Eslatib oʻtamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi M. K Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilib, joriy yilning 18 oktyabr kuni u Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari B.YU.ning xonasiga kirganida, mansabdor shaxs unga nisbatan shilqimlik qilgan va qiz yordamga chaqira boshlagach, uni xona derazasidan tashqariga itarib tushirib yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala