Jamiyat

Toshkent – Xoʻjand xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi

© Unsplash / Hobi industriAvtobus, illyustrativnoye foto
Avtobus, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Toshkent – Xoʻjand – Toshkent xalqaro avtobus yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik.Oʻzbekiston va Tojikiston pandemiya sabab vaqtincha toʻxatib qoʻyilgan xalqaro avtobus yoʻnalishida muntazam qatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.
“Toshkent – Xoʻjand – Toshkent xalqaro avtobus yoʻnalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston tomonidan tashuvchi “Uzautotrans service”, Tojikiston tomonidan esa tashuvchi “Xolding Aziya Grupp Tadjikistan” yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Ushbu yoʻnalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi. Toshkentdan Xoʻjandgacha yoʻlkira haqi 100 000 soʻm etib belgilangan.
Avvalroq 18 okyabr kuni Tojikistonning Xoʻjand shahri avtovokzalidan Oʻzbekistonga birinchi avtobus qatnovi amalga oshirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala