Kolumnistlar

Yevropada shaytonlash epidemiyasi: aybdor Rossiya

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovProxojiye idut po Krasnoy ploщadi v Moskve.
Proxojiye idut po Krasnoy ploщadi v Moskve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Rusofobiya Yevropani xuddi shaytonlash kasalligiga yoʻliqqan singari titratmoqda.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Chegarachilarning SVO (Moskva, Sheremetyevo) koʻrsatilgan yuk yorliqlariga shubhali qarashidan tortib, “ruslar YEIda “Sputnik V” roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun yana kerakli hujjatlarni joʻnatishmadi” degan vajlargacha, “gaz bilan shantaj qilish” ayblovidan tortib, Yevroittifoq mamlakatlarida RT jurnalistlariga bosim oʻtkazilishigacha, jamiyatiz qulashi uchun ishlayotganlarni qoʻllash uchun koʻp millionli grantlardan tortib tahdidlargacha: Rusofobiya Yevropani xuddi shaytonlash kasalligiga yoʻliqqan singari titratmoqda.
Garchi sevgidan nafratgacha bir qadamligini bilsakda, Yevropaga bu qadamni tashlashga ikki oʻn yillik ziyodroq vaqt kerak boʻldi.
... U bizni qanday yaxshi koʻrardi, eslaysizmi? Qanday insonparvarlik yordami joʻnatardi?
Yana Yevropa bizga bilim berardi, aslida biz – bagʻritosh odamlar, hammasiga mamlakatda GULAG tuzib, barcha va hammasini bir boshdan oʻldirganlar aybdorligi haqida hikoya qilib berardi.
Situatsiya v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Kolumnistlar
Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari
Bu harakatlarning bari Rossiya sanʼatini targʻib qilishga joʻr boʻlardi – festivallar, koʻrgazmalar, biroq koʻrsatish uchun faqat asos qilib olingan asosiy fikrga mos keladiganlari tanlab olinardi: “ruslar – bu maqsadi oʻzi va boshqalarni yoʻq qilish boʻlgan yovvoyilar”.
Qayd etish joizki, bu Gʻarb oʻzini oʻzi sovuq urush gʻolibi deb eʼlon qilgandan keyin boʻlgandi.
Oʻzini esa “tepalikda porlayotgan doʻl” deb atardi.
Qandaydir parvonalar bu yogʻduga yopirilishdi.
Rossiya bu vaqtda, ochiq aytsak, jahannamdan, nafaqat uning rahbariyati xatosi natijasi, nafaqat oʻsha vaqtlardagi “Ogonyok” va “Moskovskiye novosti”larda tarqatiladigan (ularda har qanday xabar “Koʻproq jahannam” shiori ostida chop qilinardi) vahimalar natijalaridan uddasidan chiqquncha sudralib chiqardi. Biroq maqsadni qoʻyganlar ongli ravishda mamlakatda xaosni tarqatishardi.
Xaos tarqatuvchilar oynalari Yevropaning goʻzal manzaralariga qarab ochiladigan shinam ofislarda oʻtirishardi va bir narsani xohlashardi – iloji borichi past narxlarda resurslarimizni qoʻlga kiritish.
Qoʻshtirnoq ichidagi Rossiya liberal jamoatchiligi Madrid yoki Florentsiyadagi sayohatlaridan qaytib, u yerdagi farovonlik haqida gapirishardi. Hech qachon – yoki bilib turib, yoki nodonlikdan – har koʻcha va har uyda narx yozilgan birkani esga olmasdi.
Praga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2020
Dunyoda
Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar, chex siyosatchilariga Moskvaning "qoʻli uzun" tuyular
Yevropa farovonligi mustamlakachilikka asoslangan. Kichik bir siyosiy tebranish va bu boy qitʼani taxminan bir hafta ichida tiz choʻktirish mumkin edi: hech boʻlmaganda 70-yillar boshidagi neft embargosini yodga olaylik.
Garchi Yevropa Ittifoqi va hatto unga qoʻshilishni orzu qilgan va unga kichik hamkor huquqi asosida kirib olgan malaylar Rossiyaga nisbatan shirin soʻzlarni aytishda davom etishardi (biz esa bu soʻlarga ishonardik), aslida esa hammasi boshqacha edi.
Ular kelajakda tabiiy resurslar uchun kurash boshlanishini bilishardi, uzoqni koʻra oladigan rossiyalik siyosatchilar ham buni tushunishardi.
Ular biz xom ashyo savdosidan olgan pullarni “saqich va jinsilarga” sarflaymiz deb oʻylashgani boshqa gap (bizga oʻsha “Ogonyok”da bu “erkinlik va taraqqiyot” ramzi deb tushuntirishardi), biz esa ularni zamonaviy armiya yaratishga, yoʻllar qurishga, shaharlarni tartibga keltirishga, xavfsizlik doktrinasini ishlab chiqishga safrladik. Bir soʻz bilan aytganda, yevropalik byurokrat va amerikalik globalistlarning soʻzlariga koʻra, bu narsalarga xarjlashga haqqimiz yoʻq edi.
Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim, osvobojdennыe voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2020
Analitika
Rusofobiya va antisemitizm qoʻl ushlashib kelmoqda - ekspert
Gʻarb oʻzini, Nabokov aytganidek, kolbasafurush yonida yashayotganiga ishonchi komil boʻlgan, maʼlum boʻlishicha esa, bu kolbasafurush isteʼdodli shoir ekanini anglagan odam kabi tutdi.
Bugun Rossiyani u oʻzini saqlab qololgani, oʻzini millat sifatida himoya qilolgani uchun yomon koʻrishadi, uni u uchun beqarorlik asosiy soʻz boʻlgan bir paytda Rossiya, boshida qoqinib turtinib boʻlsada, oʻz yoʻlini topa olgani, u eng qiyin mojarolardan va inqirozlardan chiqib ketishda yordam beruvchi hakam boʻla olish qoʻlidan kelgani uchun yomon koʻrishadi.
Rossiya oʻz qadriyatlari saqlab oldi va dunyoga va yangi zamon talabi boʻlgan chaqiriqlarga ochiq boʻla olishni epladi.
Gʻarb aynan shu uchun, Rossiya “kolbasafurush” boʻlish rolidan voz kechgani uchun uni yomon koʻrib qoldi.
Ularni bizni “mintaqaviy benzokolonka” deb hisobdan chiqarib tashlashganda, biz kulimsirab oʻz ishimizni davom ettiraverdik.
Biz oʻzimiz bilamizku, kimni himoya qilyapmiz va nimani kim uchun qilyapmiz.
Rusofobiyaga kelsak, albatta, biz tarbiyali, oliy maʼlumotli sogʻlom fikrli deb oʻylaganlarning shaytonlashishini kuzatish unchalik yoqimli emas. Biroq har bir shifokor biladiki, har qanday tutqanoq unga qanchalik kam eʼtibor qaratilsa, shunchalik tez tugaydi.
Oxir-oqibat har kimning oʻz ishi bor: biz oʻz mamlakatimizni bunyod etyapmiz, ular esa uni yomon koʻrishadi.
Bu vaziyatda kimning qoʻli baland kelishini Yevropaning ham avvalgi, ham yaqindagi tarixini bilgan har bir kishi yaxshi biladi.
Lavrov priravnyal terakt na bortu Airbus A321 k napadeniyu na Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2017
Dunyoda
AQShda rusofobiya quyushqondan chiqdi, deb bayonot qildi Lavrov
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala