Jamiyat

Oʻzbekistonda chiroyli avtomobil raqami inomarka narxida sotildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishZakrыtыy avtomobilnыy nomer
Zakrыtыy avtomobilnыy nomer - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Xususan, avtoraqam 498 mln 150 ming soʻmga pullangan. Bu pulga Oʻzbekistonda Hyundai Santa Fe yoxud Kia Carnival avtoulovlarini olish mumkin.
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Toshkent shahrida oʻtkazilgan onlayn-auktsionda chiroyli avtomobil raqami inomarka narxida sotildi.
Xususan, 01 O 001 OQ avtoraqami 498 mln 150 ming soʻmga pullangan. Bu pulga Oʻzbekistonda Hyundai Santa Fe yoxud Kia Carnival avtoulovlarini olish mumkin.

Avtomobil raqamlarining onlayn auktsioni oʻtkaziladigan avtoraqam.uzex.uz sayti xabariga koʻra, ushbu davlat raqamining boshlangʻich narxi 243 million soʻm etib belgilandi.

Ilgariroq, Oʻzbekistonda 2021 yilning toʻqqiz oyida "chiroyli" avtoraqamlar 20 million dollarga sotilgani haqida xabar bergan edik. Bu oldingi yillarda jami sotilgan avtoraqamlar summasidan yuqori.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala