Jamiyat

Surxondaryo IIV xodimlari dubinka-elektroshokerlar bilan taʼminlandi

© Aleksey FilippovElektroshoker
Elektroshoker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
"Skorpion" rusumli elektroshokerdan zaruratga qarab rezina tayoq "dubinka" sifatida ham foydalanish mumkin.
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Bundan buyon Surxondaryo viloyati xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlashda qoidabuzarlarga elektroshoker qoʻllaniladi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
Surxondaryo viloyati IIV xodimlariga "Skorpion" rusumli elektroshokerlar tarqatildi. Qurilma rezina tayoq, yaʼni "dubinka"ga oʻxshash shaklda ishlab chiqarilgan boʻlib, undan nafaqat elektroshok sifatida, zaruratga qarab "dubinka" sifatida ham foydalanish mumkin.
Elektroshoker inson sogʻligʻiga katta zarar yetkazmagan holda uni vaqtincha harakatsizlantirsh imkonini beradi. Elektroshok taʼsirida inson tanasi birinchi soniyada ogʻriq zarbasini his etsa ikkinchi soniyada mushaklar muvozanati yoʻqolishiga olib keladi.
Lekin elektroshokerni, keksa yoshdagilar, nogironligi aniq koʻrinib turgan shaxslar, yosh bolalar, hamda homilador ayollarga nisbatan qoʻllash taqiqlanadi. Faqat guruh boʻlib hujum qilganda ushbu taʼqiq amal qilmaydi.
IIV xabar qilishiga koʻra, Oʻzbekistonda jamoat tartibini saqlash bilan shugʻullanayotgan inspektorlarning zarur vosita va anjomlar bilan taʼminlanish moddiy texnik bazasi yildan yilga boyitib borilmoqda.
© MVDSotrudniki MVD Surxandarinskoy oblasti poluchili elektroshokerы
Sotrudniki MVD  Surxandarinskoy oblasti poluchili elektroshokerы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Sotrudniki MVD Surxandarinskoy oblasti poluchili elektroshokerы
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala