Analitika

Oʻzbekiston YEOIIga kirishga shoshilmayapti va bu yaxshi – Grozin

© SputnikAndrey Grozin
Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Har qanday davlat uchun biror xalqaro tashkilotga aʼzo boʻlish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishdan amaliy manfaat koʻrishdir.
TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezident boʻladigan kelgusi besh yilda keskin oʻzgarishlar boʻlishini kutish kerak emas, deydi MDH instituti Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin.
Oʻzbekistonda 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida Grozin kuzatuvchi sifatida Samarqandda boʻldi va oʻz taasurotlari bilan Sputnik bilan boʻlishdi.
Ekspert xulosasiga koʻra, kelgusi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari rivojlanishda davom etadi, lekin Toshkent Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqiga kirishga shoshilmaydi.

“Birinchidan, keskin oʻzgarishlar Oʻzbekistonga xos emas. Bu yerda har bir qaror vaziyatga qarab, shoshilmasdan qabul qilinadi. Shuning uchun, YEOII haqida gap ketganda, men mahalliy hamkasabalarimdan eshitishimga koʻra, - Oʻzbekiston shoshilmaydi, lekin ushbu yoʻnalishda harakatlanishda davom etadi”, - dedi Grozin.

Ekspert aytishiga koʻra, Oʻzbekiston soʻnggi yillarda qoʻyayotgan qadamlari ham ushbu pozitsiyani tasdiqlaydi: Oʻzbekiston dastlab YEOIIda kuzatuvchi maqomini oldi, keyin oʻzaro hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi qabul qilindi.
“Bu yagona maqsadga olib boruvchi bosqichlardir. Yoʻnalish aniq, lekin harkat ildamligi Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan belglanadi: Ittifoqqa qoʻshilishning qanday ijobiy yoki salbiy oqibatlari boʻlishi mumkin? Qoʻshni respublikalar Qirgʻiziston va Qozogʻiston tajribasi qanday va boshqalar”, - deydi mutaxassis.
YEOIIga kirish yoki kirmalsik haqidagi qaror qabul qilishida, Oʻzbekiston uchun birinchi navbatda iqtisodiy istiqbollar ahamiyatga ega boʻladi, deydi ekspert.
“Oʻzbekiston hukumati eʼlon qilgan maqsadlar asosida aynan iqtisodiy va makroiqtisodiy koʻrsatgichlarni oshirishdir. Jumladan kambagʻalikka qarshi kurash, jon boshiga YAIM miqdorini oshirish va boshqalar. YEOIIga qoʻshilish va qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish – aynan ushbu maqsadlarga xizmat qiladi. Menimcha aynan yaqin va uzoq qoʻshnilar bilan hamkorlik qilish Toshkent uchun birinchi oʻrinda turadi”, - deydi Grozin.
MDH institutining Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari aytishiga koʻra Har qanday davlat uchun biror xalqaro tashkilotga aʼzo boʻlish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishdan amaliy manfaat koʻrishdir.

“Oʻzbekistonning hozirgi rivojlanish bosqichida, biror xalqaro tashkilotga aʼzo boʻlish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishdan iqtisod, savdo va logistika sohalarida amaliy manfaatga erishish hamda infratuzilmani yangilashdir”, - deydi Grozin.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2021 yilning aprel oyida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala