O‘zbekiston ichki bozorida ip-kalavaga "ajiotaj" talab paydo bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi narxlarning keskin oshishiga qarshi qabul qilgan choralari amal qilmagan holda, noyabrdan ip-kalava eksporti uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston ichki bozorida sentabr oyidan boshlab ip-kalavaga talab keskin o‘sdi, deb xabar qilmoqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, talab o‘sishiga jahon bozorida paxta va ip kalava narxi oshishi va turkiyalik xaridorlar tomonidan talabning ortishi sabab bo‘lgan.

"2021 yil sentabr oyidan bo‘yon paxta va kalava ip narxlarining jahon bozorlarida keskin o‘sishi va O‘zbekiston ip-kalavasiga xorijiy hamkorlarning (birinchi navbatda Turkiyadan) talabi ortishi natijasida ichki bozorda ip-kalava uchun "asossiz ajiotaj" kuzatilmoqda", - deyilgan xabarda.

"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda hamda o‘tkazilgan tahlil va maslahatlar asosida quyidagi ishlarni amalga oshirishga qaror qilgan:
haftasiga bir marta paxta tolasi va ip-kalava ishlab chiqarish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish (yetkazib beruvchilar kesimida takliflar alohida beriladi);
paxta tolasi narxlarining spekulyativ o‘sishini cheklash mexanizmini joriy etish (dunyoning yetakchi xom ashyo birjalari bilan o‘xshashligiga ko‘ra) maqsadida uning boshlang‘ich narxini Nyu-York kotirovkalari (yoki narxlar tushib ketganda paxta xom ashyosi tannarxi asosida) darajasida belgilash va uning eng yuqori narxini "Cotlook"ning "A" indeksida cheklash;
paxta tolasi, sintetik va sun’iy tolalar, shuningdek ip-kalava importi hajmini kengaytirish;
ip-kalava iste’molchilarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash amaliyotini kengaytirish, paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha QQSni qaytarish mexanizmlarini mukamallashtirish va to‘lashni kechiktirish hamda ichki bozorga sotiladigan kalava ip hajmlaridan daromadni foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
Shuningdek, yuqorida belgilangan choralar amal qilmay, ichki bozorda ip-kalava hajmi barqarorlashmagan xolda, 2021-yil noyabr oyida ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etiladi (korxonalar va assortimentlar kesimida).
Malumot uchun: O‘zbekistonda oyiga o‘rtacha 71 ming tonna xar xil turdagi kalava ip ishlab chiqariladi. Shundan o‘rtacha 28 ming tonnasi ichki bozorga muntazam yetkzib berib turilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0