Siyosat

Rossiya Afgʻonistonning barcha kuchlarini qurol tashlashga chaqirdi

© REUTERS / West Asia News AgencyBoytsы "Talibana"* vo vremya strelbы v tire v parke razvlecheniy v Kabule
Boytsы Talibana* vo vremya strelbы v tire v parke razvlecheniy v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistondagi barcha siyosiy masalalarni diplomatik yoʻl bilan hal etish lozimligini eslatmoqda
TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Afgʻonistondagi siyosiy kuchlar oʻrtasida oʻtkir tus olgan vaziyatga sharh berdi.
Afgʻon jamiyatining qochqin yetakchilari, xususan, marshal Abdul-Rashid Doʻstum va Atto Muhammadiy Nurlar tomonidan eʼlon qilingan Milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani toʻgʻrisida deklaratsiya eʼlon qilingach, Rossiya afgʻon kuchlarini mamlakatda ziddiyatni kuchaytirmaslikka chaqirdi.
"Biz Afgʻonistondagi barcha etnosiyosiy kuchlarni jangovar ritorikadan voz kechishga va milliy yarashuv jarayoni yakuniga yetishi uchun bor harakatlarni ishga solishga chaqiramiz", - deya taʼkidladi diplomat.
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi posle tretyego zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Foto
Moskvada toliblar bilan muzokaralar qanday oʻtdi
RF TIV shuningdek, Afgʻoniston aholisi tomonidan mamlakatdagi holatga jahon hamjamiyati eʼtiborini jalb qilish istagida oʻtkazayotgan tinch mitinglarga urgʻu berdi.
"Biz ushbu murojaatlar eʼtiborsiz qolmasligi kerak, degan fikrdamiz, muzlatilgan pullar mamlakatga berilishi lozim, pullar aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga sarflanmogʻi lozim. Gap maoshlar toʻlanishi, milliy iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va Afgʻonistondagi gumanitar falokatning oldini olish haqida bormoqda", - dedi Zaxarova.
Eslatib oʻtamiz, 22 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻoniston milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani toʻgʻrisida deklaratsiya tarqaldi. Bayonotda siyosatchilarning "Tolibon"*ga, jumladan, agar shu zarur boʻlsa, harbiy metodlar bilan qarshi turish niyati bildirilgandi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala