Rossiya

Rossiyada moliyaviy piramidalarning yangi turi aniqlandi - MB

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishReklama "MMM 2011" na ulitsax Moskvы
Reklama MMM 2011 na ulitsax Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Rossiyada onlayn oʻyin shaklida ishlaydigan moliyaviy piramidalar paydo boʻldi, odamlar ularda 50 mingdan 100 ming rublgacha yoʻqotmoqda.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiya Markaziy banki mamlakatda moliyaviy piramidalarning yangi turini aniqladi. Bu haqida RF MB noqonuniy amaliyotlarga qarshi kurash departamenti rahbari Valeriy Lyax maʼlum qildi.
Yangi moliyaviy piramidalar onlayn investitsion oʻyin koʻrinishida boʻlib, ular fuqarolarni oson pul ishlash imkoni va oʻzining oʻyin shaklida ekani bilan jalb etadi, deydi mutaxassis.
Bunday piramidalarda, odatda, foydalanuvchi oʻyin platformasida roʻyxatdan oʻtadi va onlayn toʻlov orqali pul tikadi. Shundan soʻng foydalanuvchi biror oʻyin personajini yoki virtual koʻchmas mulk sotib olish imkoniga ega boʻladi.

"Sotib olingan virtual mulk daromad keltiradi, lekin daromad virtual koʻrinishda boʻladi. Uni tizimdan chiqarib olish uchun loyihaga yangi ishtirokchilarni olib kelish talab etiladi. Odatda bular doʻstlar yoki qarindoshlar boʻladi”, - deydi Lyax.

Xullas, ushbu oʻyinlar ham tarmoqli marketing yoki moliyaviy piramida printsipi asosida ishlaydi. Agar yangi ishtirokchilar kelmay qoʻysa, loyha toʻxtaydi, tikilgan pullarni olib chiqishning iloji boʻlmaydi, chunki bu vaqtga kelib ularni allaqachon olib chiqib ketishgan boʻladi, - deydi mutaxassis.
Bunday loyihalar ishtirokchilardan turli yoʻllar bilan pul yigʻib oladi: elektron toʻlov vositalaridan tortib kriptovalyutagacha. Foydalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda, odatda, “pullarni qaytarish kafolati yoʻq” deb koʻrsatilgan boʻladi, lekin ushbu yozuv qayerdadir eng oxirida, koʻzga tashlanmaydigan joyda kichik harflar bilan yozilgan boʻladi.
Bundan onlayn oʻinlarning eng katta xavfi – ularga yoshlar va oʻsmirlarni jalb etish xavfidir. 2021 yilning 9 oyida Rossiya Banki 424 moliyaviy piramida aniqlagan. Ulardan 278tasi – soʻnggi uch oy ichida. Bu oʻtgan yilgan nisbatan 2 baravar koʻp. Fuqarolar odatla moliyaviy piramidalarda 50 mingdan 100 ming rublgacha yoʻqotadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala