Dunyoda

Yamalda neftchilar muzlab qolayotgan flamingoni qutqarib olishdi - video

© Yamal1Flamingo na Yamale
Flamingo na Yamale - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Gʻarbiy Sibir oʻlkasida joylashgan Yamal yarim orolida neftchilar adashib qolgan flamingo qushini tolib olishdi. Qushning keyingi taqdiri ornitologlar bilan birgalikda hal qilinadi.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiyaning Yamal oʻlkasi, Noyabrsk shahri yaqinida neftchilar, muzlab qolayotgan flamingo qoʻshini qutqarib qolishdi.
Ushbu shimol oʻlkasiga ehtimol yoʻlidan adashib kelib qolgan noodatiy mehmonni “Gazpromneft-Noyabrskneftegaz” kompaniyasi xodimlari Sporыshev neft koni yaqinida topib olishdi.
Neftchilar qushni ehtiyotkorlik bilan xizmat xonasiga olib kirishdi va istishdi. Hozir uning sogʻligʻiga hech narsa xavf solmayapti.

Yaqin vaqt ichida flamingoning taqdiri hal boʻladi. Neftchilar ornitologlar bilan bogʻlanib uni saqlash qoidalari va uzoq oʻlkadan kelgan mehmon uchun yangi oʻy masalasini muhokama qilishadi, - deyilgan xabarda.

Flamingo qushlari, jumladan pushtirang flamingo ham, asosan Afrika, Kavkaz va Markziy Osiyo, shuningdek Amerika hududlarida yashaydi. Flamingo qushlarining boʻyi 130 smgacha boʻlishi mumkin. Flamingo asosan suv boʻyida yashaydi va kichik qichqichbaqalar, suv oʻtlari, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlanadi.
Yamal - Rossiyaning Gʻarbiy Sibir oʻlkasida joylashgan yarim orol. Yamal-nenetsk avtonom okrugi hududida joylashgan. Yarim orol uzunligi 700km, kengligi 240 km. Yamal hududi tundra oʻrmonlari bilan qoplangan, odam kam yashaydi. Bu yerda 11ta gaz va 15ta neft-gaz kondesat konlari aniqlangan. Yamalda ob-havo sharoiti juda sovuq - qishda oʻrtacha haroat -23 ... -27, yozda +3...+9 daraja.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala