Siyosat

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi besh yillikda qanday vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Mutaxassis prognoziga koʻra, przidentlikning yangi davrida Mirziyoyev ish oʻrinlari sonini oshirish, Orol dengizi muammolari hamda qoʻshni davlatlar va Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlash bilan shugʻullanadi.
TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. "Rivojlanish strategiyasi" markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov yangi prezidentlik davrida Shavkat Mirziyoyev oldida turgan vazifalar haqida aytib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Mamlakatning jugʻrofiy joylashuviga koʻra, Orol dengizi va uning atrofidagi hududlar ekologiyasi masalasi eng ustuvor vazifalardan biri boʻladi. Undan tashqari aholi koʻproq ish oʻrinlari va ularning ehtiyojini qoniqtiradigan maosh olishni istaydi", - dedi Tulyakov.
Ekspert aytishiga koʻra, sifatli tibiy xizmat hamda taʼlimga ham jamoatchilik talabi bor.
"Soʻnggi besh yilda 50dan ortiq oliy taʼlim muassasi tashkil qilingan boʻlsa-da, oʻqish istagi boʻlga yoshlar OTMlar yetishmasligidan norozi. Shuning uchun Oʻzbekistonga xalqaro OTMlarni jalb qilishga eʼtibor qaratilmoqda. Ular orasida Rossiya OTMlari yetakchilik qilmoqda. Biz shunday yoʻl bilan yoshlani ilm bilan taʼminlash qamrovini 2.5 baravar oshirdik. Talab bor, shuning uchun davlat bu masalani hal qilishga harakat qilmqoda", - dedi markaz direktori.
Xalqaro siyosatda esa, Oʻzbekiston uchun siyosatnig Janubiy Osiyo yoʻnalishi muhim boʻlib qoladi. Undan tashqari qoʻshni davlatlar va Rossiya bilan ham aloqalar mustahkamlanadi, deb prognoz qildi ekspert.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni Oʻzbekistonda navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtdi. MSK komissiyasi 29 oktyabr kuni saylovning natijalarni rasman eʼlon qildi va unda OʻzLiDeP partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,12 % ovoz bilan gʻolib boʻlganini va besh yilga prezident etib saylanganini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala