Boks. Uch o‘zbek bokschisi JCh chorak finaliga yo‘l oldi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Madiyor Saidraximov
Boksor Madiyor Saidraximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Halokov raqiblarini yer tishlatishdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Halokov chorak finalga yo‘l olishdi.
-92 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Madiyor Saidrahimov qozog‘istonlik raqibi Aybek Oralbay ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Madiyor Saidraximov
Boksor Madiyor Saidraximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Boksor Madiyor Saidraximov
Shu tariqa Saidrahimov chorak finalga yo‘l oldi va u yerda angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi jang qiladi.
+92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov nimchorak finalda angliyalik Delisius Oryega qarshi ringga chiqdi. Lazizbek 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Lazizbek Mullojonov
Boksor Lazizbek Mullojonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Boksor Lazizbek Mullojonov
Endi u chorak finalda armanistonlik Chaloyan Davit bilan yuzlashadi.
-60 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov nimchorak finalda sloveniyalik bokschi Tadey Chernoga imkon qoldirmadi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksor Abdumalik Xalakov
Boksor Abdumalik Xalakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Boksor Abdumalik Xalakov
Halokov chorak finalda rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi jang o‘tkazadi.
Avvalroq Shahobiddin Zoirov yaponiyalik Tomoya Suboiga imkoniyatni boy berib, chorak final yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.
Boksor Shaxobiddin Zoirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Boks. Shahobiddin Zoirov JChda alamli mag‘lubiyatga uchradi
Yangiliklar lentasi
0