Jamiyat

Ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda - Oʻzgidromet

© AFP / Karl-Josef HildenbrandOsenniye listya v ineye
Osenniye listya v ineye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Oʻzbekiston hududida 4-5 noyabr kunlari ob-havoning keskin sovishi va 8 noyabrga kelib qayta isishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 2 noya - Sputnik. Yaqin bir necha kunda Oʻzbekistonda ob-havo keskin sovishi kutilmoqda. Bu haqida "Oʻzgidromet" xabar qilmoqda.
Xususan, 4-5 noyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Qozogʻiston orqali Ural oʻlkasida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi va 4-5 noyabrda respublika boʻyicha harorat 10-13° ga pasayadi.
Kunduz kuni 4-5 noyabrda havo harorati +3...+8° iliqni tashkil etadi. 5 noyabrda harorat kechasi -2...-7° sovuqqacha, shimolda -5...-10° sovuqqacha pasayadi.
Shuningdek, 4 noyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Surxondaryo viloyati hududlarida ''yaxshigina'' yogʻingarchilik bilan oʻtishi kutilmoqda.
Oʻzgidromet xabariga koʻra, ushbu sovuq havo uzoqqa choʻzilmaydi. Sakkizinchi noyabrdan boshlab kunlar asta-sekin iliy boshlaydi. 10-11 noyabr kunlariga kelib hozirgi +10...+13 daraja iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda
Oldinroq, Uzgidromet noyabr oyini meʼyor atrofida kuzatilishini, oyning ayrim kunlaridagina sovuq havo toʻlqinlari kuzatilishini prognoz qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala