Iqtisod

Tsement importi uchun imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi

CC0 / pixabay / Tsement
Tsement - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Tsement ishlab chiqaruvchilarga foyda soligʻi 20 foizdan 15 foizgacha, kamaytiriladi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda tsement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholini sifatli uy-joy bilan taʼminlash masalasiga oid oʻtkazgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tsement ishlab chiqaruvchilarga foyda soligʻi 20 foizdan 15 foizgacha, yer qaʼridan foydalanganlik soligʻi esa 2 baravarga kamaytiriladi.
Qayd etilishicha, bu 1 tonna tsementning ishlab chiqarish tannarxini 7 foizga qisqartirish imkonini beradi. Bular ham uylarning narxini sezilarli tushirishga olib keladi.
“Yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uylar narxini barqaror saqlab turish maqsadida yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan taʼminlashga byudjetdan har yili 1 trillion soʻm ajratiladi.
Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Iqtisod
Tsement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻi stavkasi pasaytiriladi
Tadbirkorlik jamgʻarmasi tomonidan quruvchilarga Markaziy bank stavkasidan oshgan qismi 24 oy davomida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Bular uylarning narxini sezilarli tushirishga olib kelishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala