Siyosat

Ular tarqoq - Abdulaziz Kamilov xorijdagi oʻzbek muxolifati haqida

© press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Kamilov Oʻzbekistonning xorijdagi muxolifti bilan qanday ish olib borilayotgani va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida oʻz fikrini bildirdi.
TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Abdulaziz Kamilov prezident saylovidan oldin xorijiy jurnalistlarga bergan intervyusida Oʻzbekistonning xorijdagi muxolifati haqidagi savollarga ham javob berdi.
Xususan, Rossiyaning NTV telekanali jurnalisti R.Sobolning “Xorijdagi tizimdan tashqari Oʻzbekiston muxolifati qanday nuqtai nazarlarni himoya qilmoqda, ularning gʻoyalari jamiyat tomonidan qanchalik qoʻllab-quvvatlanmoqda?”, - deb savol bergan edi.
Kamilov bunga, quyidagicha javob berdi:
"Darhaqiqat, oʻzini muxolifat deb hisoblaydigan kishilar bugun asosan xorijda yashamoqda. Bular Oʻzbekistonni turli sabablarga koʻra tark etganlar - siyosiy, shaxsiy va boshqa. Xorijda yashar ekan, ularning aksariyati oʻzlarini muxolifatchi qilib koʻrsatmoqchi boʻlishmoqda. Balkim, ana shunday maqomga ega boʻlish ularga qandaydir yordam berar, jumladan moddiy va moliyaviy.
Nima boʻlganda ham, biz ularning fikriga quloq tutmoqdamiz. Baʼzan ulardan xatlar keladi. Masalan Oʻzoʻbekistonni iqtisodiy rivojlantirish uchun nima qilish mumkinligi haqida. Lekin aksariyat hollarda Oʻzbekistonni aossiz tanqid qilish hollariga duch kelamiz. Menimcha bu muxolifatchilik faoliyati bilan emas, Oʻzbekistondan uzoq boʻla turib, koʻproq oʻz shaxsining “muhim” ekanini koʻrsatib qoʻyish istagi bilan izohlanadi.
Oʻzbekiston rahbari oʻz chiqishlarida muxolifat fikriga quloq tutishga tayyor ekanini koʻp marotaba aytgan. Agar ular vatanga qaytib kelib xizmat qilishga tayyor boʻlsa - qoʻllab-quvvatlashni ham vaʼda bergan. Bu yerda ular uchun hech qanday xavf yoʻq.
Shuni uchun aytmoqchimanki, ularni “tizimdan tashqari” emas, tizimsiz yoki tarqoq muxolifat deyish mumkin. Chunki, aksariyat hollarda ular oʻzaro bogʻliq boʻlmagan alohida shaxslardan iborat. Xorijiy muxolifatning “shuhrat choʻqqisida” birinchilikni egallash uchun, ular orasida oʻzaro raqobat ham bor", - dedi tashqi ishlar vaziri.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident savlovi arafasida oʻnlab xorijiy OAV vakillari tashrif buyurgan. Tashqi ishlar vaziri ishtirokida 22 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida oʻndan ortiq OAV vakillari, jumladan RIA Novosti va Sputnik muxbirlari ham ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala