Iqtisod

MDH aviatsiya qoʻmitasi bilan uchuvchisiz apparatlar muhokama qilindi

© Slujba Elektromagnitnoy sovmestimostiBespilotnыy letatelnыy apparat
Bespilotnыy letatelnыy apparat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
DAQ vakili bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda aeronavigatsiya tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda uchuvchisiz apparatlarni boshqarish tizimlari yaratish borasida kelishib olindi.
TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligida MDH Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi (DAQ) bilan havo harakatiga doir masalalar muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Transport vazirining oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Raisi hamda DAQ raisi oʻrinbosari Konstantin Kleщev bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1.
DAQ va Oʻzbekiston orasida aviatsiya sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash;
2.
Aeronavigatsiya sohasida raqamli aloqa texnologiyalaridan foydalanish.
3.
Sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi nuqtai nazaridan havo harakatini boshqarish milliy tizimini rivojlantirish istiqbollari;
4.
Uchuvchisiz uchish apparatlari parvozlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish masalalari;
5.
UUAlarni boshqarish tizimlarining qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy asoslari bilan bogʻliq masalalari.
Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Maʼlumot uchun, ayni damda Oʻzbekiston hududida fuqarolar tomonidan har qanday uchuvchisiz apparatlardan foydalanish taʼqiqlangan. Ulardan noqonuniy foydalanish 100 dan 200 gacha minimal ish haqi miqdorida jarima yoki 15 sutkaga hibsga olish bilan jazolanishga olib kelishi mumkin.
© MinstransVstrecha s zampredsedatelem MAK SNG v Mintranse
Vstrecha s zampredsedatelem MAK SNG v Mintranse  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Vstrecha s zampredsedatelem MAK SNG v Mintranse
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala