Jamiyat

Toshkent aeroportida yuzlab yoʻlovchilar Istanbulga ucha olishmadi – Uzbekistan Airports izohi

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta
V aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Toshkent-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha uchmoqchi boʻlgan 200 ga yaqin kishi aeroportga kelgan. Biroq reys jadvalda boʻlmagan.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent aeroportida odamlar toʻplangani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.
Kompaniya xabariga koʻra, “Uzbekistan Airways” reysi bilan Toshkent-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha uchmoqchi boʻlgan 200 ga yaqin kishi aeroportga kelgan. Biroq bu reys jadvalda boʻlmagan. Yoʻlovchilar chiptalarni “Asia Luxe Travel” sayyohlik kompaniyasi orqali sotib olishganini aytishgan.
“Uzbekistan Airways” vakillari sayyohlik kompaniyasi aviachiptalar savdosini aviakompaniya bilan slotni (aeroportdagi parvoz uchun ajratilgan vaqt) kelishmagan holda tashkil qilganini maʼlum qilishgan.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, reys uchun 200 ga yaqin aviachipta sotilgan”, - deyiladi “Uzbekistan Airports” xabarida.
Sayyohlik kompaniyasi yoʻlovchilarga suv tarqatgan va ularni mehmonxonaga joʻnatish uchun transport tashkil qilgan.
Taʼkidlanishicha, odamlar terminal binosini tark etishdan bosh tortishgan. Oʻzbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan zaxira havo kemasi ajratilib, parvozga yoʻlovchilarni roʻyxatga olish boshlangan.
Aeroport Namangan prinyal reys aviakompanii Aeroflot iz Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Iqtisod
Namangan ilk bor Sankt-Peterburgdan "Aeroflot" parvozini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala