O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi - prezident qarori

© Pravitelstvo Kirgizskoy RespublikiPremyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan
Premyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
TOShKENT. 4 noya - Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqida 3-noyabr kuni imzolangan 5277-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Shtab kvartirasi Bishkekda joylashgan O‘zbek-qirg‘iz jamg‘armasining nizom kapitali 50 million dollarni tashkil qiladi. Mablag‘ni O‘zbekiston kiritadi, kelgusida jamg‘arma hajmini 200 million dollargacha oshirish kutilmoqda.

Jamg‘arma tomonidan agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish sohalarida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.
"Ushbu fond ikki davlat orasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish katalizatori, o‘sish nuqtasi bo‘ladi", - degan edi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov fond tashkil qilinish vaqtida.
Prezident qarori bilan ushbu jamg‘arma uchun ma’sul etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, ushbu jamg‘armani tashkil etish haqida dastlabki kelishuvlarga 2021-yilning 11-martida, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi vaqtida erishilgan edi.
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbek-qirg‘iz jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni 2021-yil 18-avgust kuni ratifikatsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0