Jamiyat

Allergiya va astmasi borlar koʻchaga chiqmasligi kerak - SSV

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Kazaxstane v svyazi s koronavirusom
Situatsiya v Kazaxstane v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Chang boʻroni vaqtida koʻchaga imkon qadar kamroq chiqish, uyda namlikni saqlash va albatta himoya niqobi taqib yurish tavsiya etiladi.
TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi soʻnggi kunlarda Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hududida kuzatilgan chang boʻronlari vaqtida nima qilish kerakligi borasida oʻz tavsiyalarini berdi.
Vazirlik xabarida aytilishiga koʻra, tabiatning bunday hodisalari vaqtida ayniqsa astma va allergiyasi bor kishilar ehtiyot boʻlishlari kerak. Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova fuqarolarga quyidagi tavsilarni berdi:
Bunday vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslik zarur. Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yoʻtal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yoʻli surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.
Chunki bunday havo tarkibida changlar bilan birga, oʻsimlik changchalari, zamburugʻ sporalari juda katta kontsentratsiyada boʻladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim.
Nim taʼsir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chayish, xonalarni yopiq saqlash, xoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish zarur.
Ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor boʻlishlari tavsiya etiladi.
Fuqarolar chang tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, koʻzlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yoʻtal belgilari yuzaga kelsa, - tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozim, - deyilgan SSV xabarida.
Gidrometerologiya xizmati xabariga koʻra, 4-5 noyabr kunlari Oʻzbekistonda mavsumga xos boʻlmagan chang-qumli boʻron hodisalari kuzatilgan. Kuchli shamollar tufayli oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan meʼyordan 5 barobar oshdi. Shamol tezligi Toshkent shahrida 5-10m/s, boshqa joylarida esa 7-12m/sgacha yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala