Siyosat

Biz Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifini intiqlik bilan kutyapmiz – Malginov

© SputnikOtkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov Oʻzbekiston prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosim va davlat rahbarining nutqi haqidagi fikrlarini bayon qildi.
Malginov Oʻzbekiston prezidentining nutqi kelajakka yoʻnaltirilgani, mamlakatni rivojlantirish strategiyasining amaliy dasturi boʻlganiga eʼtibor qaratgan. Bu dasturni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi, deya yozadi "Dunyo" AA.
Elchining soʻzlariga koʻra, bu zamonaviy rivojlanayotgan, barqaror va boy davlat strategiyasi boʻlib, unda oddiy insonlar hokimiyatning diqqat markazida turibdi. Hamma narsa insonning manfaatiga qaratilgan.
Oʻzbekiston bilan munosabatlarda soʻnggi besh yilda erishilgan natijalarni ulkan yutuq deb bilamiz. Biz Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Boʻlajak tashrif doirasida muhim muzokaralar rejalashtirilgan va ushbu voqea tarixiy ahamiyatga ega boʻlishiga ishonaman.
Direktor Departamenta MID Rossii po rabote s sootechestvennikami Oleg Malginov - Sputnik Oʻzbekiston
Oleg Malginov
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi
U ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻzaro ishonchga asoslangan, ochiq va samimiy munosabatlar, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro yordam muhiti shakllanganini maʼlum qildi.
“Ushbu sermazmun aloqalar aniq hujjatlar va kelishuvlarda yana bir bor oʻz ifodasini topadi”, - deya xulosa qildi Malginov.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurishi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Prodavets raskladыvayet tovar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Rossiya temir yoʻl orqali mahsulot yetkazib berishni 1 mln tonnaga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala