Dunyoda

Iroq bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi

© AFP / STEFANIE LOOSPremyer-ministr Iraka Mustafa al-Kazemi
Premyer-ministr Iraka Mustafa al-Kazemi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Mustafo al-Kozimiyning Bagʻdoddagi qarorgohiga hujum qilindi.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning Bagʻdoddagi qarorgohiga 7 noyabrga oʻtar kechasi raketa bilan hujum qilindi, deb xabar qilmoqda “Frans Press” agentligi oʻz manbasiga tayangan holda.
Dastlab Al Arabiya telekanali Mustafo al-Kozimiy jarohat olgani va uni kasalxonaga olib ketishgani haqida xabar berdi, biroq Iroq xavfsizlik organlari bosh vazir jarohatlanmaganini maʼlum qilishdi.
“Bosh vazirga <…> uchuvchisiz uchar qurilma yordamida muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi. Xavfsizlik kuchlari zaruriy choralarni koʻrishdi”, - deyilgan bayonotda. Undan INAagentligi iqtibos keltirgan.
Keyinroq al-Kozimiyning oʻzi Twitterʼda uning ahvoli yaxshiligi va unga hech qanday ziyon yetmaganini tasdiqladi.
Mahalliiy OAVlar bosh vazirga suiqasd uyushtirilishi oqibatida bir necha kishi jabrlangani haqida yozishmoqda.
Besporyadki v Port-o-Prens, Gaiti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Dunyoda
Gaitida prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi boʻlishdi
Bagʻdodning qattiq qoʻriqlanadigan “yashil hududi”da davlat idoralari va xorijiy elchixonalar joylashgan. Al Arabiya xabariga koʻra, hujum vaqtida otishma sadolari eshitilgan. Dronni tutib olishga muvaffaq boʻlishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala