Rossiya

Muftiy Krganov ish beruvchilarni migrantlar uchun ibodatxona tashkil etishga chaqirdi

© Sputnik / Said TsarnayevPrazdnovaniye Kurban-Bayrama v gorodax Rossii
Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Rossiyalik muftiy xorijliklarni ish bilan taʼminlayotgan kompaniyalar ularni turar joy bilan taʼminlashi kerak deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari muftiy Albir Krganov migrantlarni ishga jalb qilayotgan korxonalarga maslahat berdi, deya yozadi RIA Novosti.
Krganov chet elliklarni ish bilan taʼminlayotgan kompaniyalar ularni turar joy bilan taʼminlashi kerak deb hisoblaydi.
Muftiy “Fud-siti” ulgurji bozori va “Slavyanskiy mir” qurilish bozori ishchi migrantlari atrofidagi vaziyatga munosabat bildirayotib, xorijlik ishchilarni turar joy bilan taʼminlash majburiyatini qonunchilik darajasida zimmasiga oladigan turli arab mamlakatlarini misol qilib keltirdi.
“Nega “Fud-siti” yoki shunga oʻxshash markazlar oʻz hududida yoki boshqa joyda ular jalb qilayotgan migrantlar uchun yotoqxona tashkil etishmaydi?”, - dedi Krganov. Muftiy Rossiyada ham bunday normani joriy etish zarur deb hisoblaydi.
Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari “Fud-siti”da ibodatxonalar yoʻqligi masalasini ham koʻtardi. Uning fikriga koʻra, ish beruvchilar dindorlarni kerakli sharoitlar bilan taʼminlash borasida qaygʻurishi shart edi.
Prazdnovaniye Uraza-bayram - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Rossiya
Muftiy Moskvada hatto migrantlarsiz masjidlar yetishmasligini aytdi
U ish beruvchilar migrantlar ortidan shunchaki pul ishlamasdan, jamiat oldida javobgarlikni ham zimmalariga olishlari kerakligi taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Moskvadagi Sosenskoye posyolkasi aholisi Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha kengashga “Fud-siti” va “Slavyanskiy mir” bozorida ishlayotgan migrantlar oqimi ortishi sabab murojaat qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala