Jamiyat

“Afrosiyob” poyezdlarida yangi qulaylik yaratildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistan poluchil pyatыy poyezd Afrosiab
Uzbekistan poluchil pyatыy poyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan boʻlib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Tezyurar “Afrosiyob” poyezdlarida Intranet, yaʼni ixcham Internet ishga tushirildi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xabar berdi.
Bugungi kunda ushbu qulaylikdan “Afrosiyob” poyezdlarida, xususan, mamlakatdagi poyezdlarning uchtasida ishlab kelmoqda. Yana birida ushbu tizimni oʻrnatish va uni ishga tushirish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.
Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan boʻlib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda. Ushbu tizimdan foydalanish uchun yoʻlovchi login va parol bilan roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Shuningdek, Google, Facebook, Telegram kabi boshqa platform xizmatlari orqali ham autentifikatsiya qilish mumkin. Agar mijozda oʻz akkaunti mavjud boʻlmasa, maxsus roʻyxatdan oʻtish shaklidan foydalanib, uni yaratish imkoniyati joriy etildi.
Oltinchi tezyurar Afrosiyob poyezdi Toshkentda kutib olindi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Video
Oltinchi tezyurar Afrosiyob poyezdi Toshkentda kutib olindi - video
Poyezdda oʻrnatilgan Wi-Fi tarmogʻi orqali istalgan shaxsiy mobil qurilma (smartfon, planshet, noutbuk)larda kirish mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
Yoʻlovchi restoran-vagon va bufetida ovqatlanish uchun onlayn buyurtma berish imkoniyatiga ega. Filmlar, kliplar, musiqa, futbol oʻyinlari, safardagi yoʻnalish haqida qoʻshimcha maʼlumot, mamlakatning diqqatga sazovor manzillar bilan tanishish mumkin.
Yaqin kelajakda ushbu xizmat turi mamlakatimizdagi boshqa yoʻlovchi poyezdlariga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Intranet – bu toʻliq Internetga ulanish imkoniyati mavjud boʻlmaganda qoʻllaniladigan tizimdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala