Hodisalar

Moskva metrosida ikki migrant oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi – video

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishNapolnaya indikatsiya v Moskovskom metro s prizыvom soblyudat distantsiyu
Napolnaya indikatsiya v Moskovskom metro s prizыvom soblyudat distantsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Moskva metrosida mushtlashgan migrantlar ustidan jinoyat ishi ochildi.
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Moskva metrosida ikki migrant oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi.
RIA Novosti”ga huquq-tartibot idoralaridagi manba maʼlum qilishicha, Moskva politsiyasi metro poyezdida ikki Qirgʻiziston fuqarosi oʻrtasidagi mushtlashuv yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Migratsiya
Mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi
Uning soʻzlariga koʻra, voqea 8 noyabr kuni kechqurun “Tagansko-Krasnopresnenskaya” yoʻnalishida, “Begovaya” stantsiyasidan “Ulitsa 1905 goda” stantsiyasiga ketayotgan vagonda sodir boʻldi. Guvohlar metropoliten politsiyasiga qoʻngʻiroq qildi, huquqbuzarlar vagondan chiqayotganida qoʻlga olindi. Ular Qirgʻiziston fuqarolari ekanligi maʼlum boʻldi, ikkalasi ham 1996 yilda tugʻilgan.
Moskva IIBB qoʻlga olinganlar tergov oʻtkazish uchun politsiyaga olib ketilganini tasdiqladi.
“Qoʻshni davlatlardan birida yashovchi 25 yoshli yigit mast holatda boshqa yoʻlovchi bilan janjallashib qoldi va bu mushtlashuvga aylandi”, — deyilgan xabarda.
Bezorilik moddasi boʻyicha jinoiy ish ochildi. Har ikkalasiga nisbatan mayda bezorilik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.
Politsiya mojaroning boshqa ishtirokchilarini qidirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala