Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?

© REUTERS / Carlos Garcia RawlinsRabotnik v zashitnom kostume vo vremya dezinfeksii vokzala v Pekine, Kitay
Rabotnik v zashitnom kostume vo vremya dezinfeksii vokzala v Pekine, Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
JSST koronavirus pandemiyasi tugashi qachon e’lon qilinishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. BSSTning Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyugening aytishicha, koronavirus pandemiyasining tugashi butun dunyo infeksiya bilan qanchalik tez “yashashni o‘rganishiga” bog‘liq. RIA Novosti.
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2021
Rossiya koronavirusga qarshi yana bir preparat yaratmoqda: u vaksina emas
“Sog‘liqni saqlash tizimlariga ortiqcha yuklanish to‘xtatgandan so‘ng, COVID-19 tufayli kasalxonaga yotqizilganlar va o‘limlar soni kamayganda, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlarni avvalgidek to‘liq hajmda ko‘rsatish imkoniyati yuzaga kelganda - o‘shanda, ehtimol, pandemiya endemiyaga o‘zgaradi", - La Vanguardia nashri uning so‘zlarini keltiradi.
Klyuge ta’kidlashicha, hozirda asosiy to‘siqlardan biri - bu ba’zi davlatlarda emlash jarayonining "to‘xtab qolgani", shuningdek, profilaktika choralarining asossiz ravishda zaiflashishi.
"Menda go‘yo hamma nima yuz berganini umuman unutishni boshladi, degan taassurot paydo bo‘ldi. <...> Bir yil oldin butun dunyo iqtisodiyoti to‘xtab qolgandi", - dedi u.
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 250 milliondan oshdi. Hozir eng qiyin vaziyat AQSh, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada. Rossiya ushbu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda.
Emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Kasalxonalardagi bemorlarning aksariyati emlanmagan. Sentabr oyi oxirida BSST SARS-CoV-2dan o‘lim darajasi profilaktik immunizatsiyadan bosh tortish bilan bog‘liqligini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0