Sport

Oʻzbekiston Parij-2024 Olimpiada oʻyinlariga qanday tayyorgarlik koʻradi

© Sputnik / Gilyem Beyker / Fotobankka oʻtishOlimpiyskiye koltsa na ploщadi Trokadero v Parije
Olimpiyskiye koltsa na ploщadi Trokadero v Parije - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Parijda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga oʻzbekistonlik sportchilarni kompleks tayyorlash choralari koʻriladi.
TOSHKENT, 10 noya– Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil Parijda (Frantsiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqladi. Tegishli qarorni davlat rahbari 5 noyabr kuni imzoladi.
Maqsadli koʻrsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Olimpiya oʻyinlari boʻyicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turi boʻyicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari boʻyicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qoʻlga kiritish;
Paralimpiya oʻyinlari boʻyicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turi, shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport boʻyicha jami 105 ta litsenziyani qoʻlga kiritish.
Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar oʻrtasida ayol sportchilar ulushini oshirish choralarini koʻrish topshirildi. Bunda, ularning erkak sportchilar sonidan farqi +/-3 foizgacha boʻlishini taʼminlanadi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Prezident paralimpiyachilar va qiz sportchilar sonini oshirishni topshirdi
2022/2023 oʻquv yilidan olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida ayollar uchun qabul kvotalari oshiriladi.
Milliy terma jamoalar sportchilarining yil davomida doimiy uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, xalqaro musobaqa va turnirlarda muntazam ishtiroki taʼminlanadi. Malakali mahalliy va xorijiy trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilinadi.
Oʻyinlarga tayyorgarlik doirasida sportchilar va murabbiylarga har oylik stipendiya toʻlanadi. Milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va boshqa yordam koʻrinishida olinadigan toʻlovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sugʻurta badallari hisoblanmaydi.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalari (kuboklari) gʻoliblari hamda sovrindorlari, shuningdek, sportchilarni tayyorlagan trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida ragʻbatlantirishning zamonaviy tizimi joriy qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tokio-2020 Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi. Respublika medallar boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrin, MDHda 2-oʻrin, Osiyo mamlakatlari ichida 5-oʻrin, butun dunyo boʻyicha esa 32-oʻrinni egalladi.
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu mamlakatning musobaqalarni umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida 16-oʻrinda yakunlashiga imkon berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala