Iqtisod

Vazirlik: sabzi narxi 2022 yil bahorigacha saqlanib qoladi

© SS0 / Unsplash / Viki MohamadMorkov na rыnke, illyustrativnoye foto
Morkov na rыnke, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Oʻzbekistonda yozda qimmatlashgan sabzining narxi noyabrga kelib 4-5 barobargacha arzonlashgan.
TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021 yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushgan. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning prognozlariga koʻra, 2022 yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi shu darajada saqlanib qoladi.
Maʼlum qilinishicha, 20 iyun holatiga koʻra, 1 kg sabzining oʻrtacha chakana narxi 6-10 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda (2021 yil oktyabr-noyabr) 2 ming soʻmgacha tushgan. Dalaning oʻzidagi oʻrtacha xarid narxi esa 1 kg sabzi uchun 1-1,5 ming soʻm atrofida.
Selskoxozyaystvennaya yarmarka v Yalte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Jamiyat
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini maʼlum qildi
Joriy yil barcha toifa xoʻjaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (oʻtgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga koʻp) maydonda ekildi.
2021 yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (oʻrim-yigʻim ishlari davom etyapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala