Foto

Turkiy ildizlar tomon: koʻchmanchilar, choʻponlar, oʻtov va ertaklar – fotoreportaj

“Katta Oltoy”ning turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi oʻxshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi olimlari Qirgʻizistonning 16ta qishloq manzilgohlarida boʻlib, kigiz gilam toʻquvchilari, doston aytuvchilar bilan tanishishdi.
Bir necha davlatlar olimlarni birlashtirgan birinchi etngrafik ekspeditsiya turkiy tilli millatlar koʻchmanchilik madaniyati bilan bogʻliq chuqur tarixiy-madaniy aloqalarni oʻrgandi.
“Katta Oltoyda turkiy millatlar tugʻilishi va shakllanishi, turli madaniyatlarning oʻzaro taʼsiri va aralashuvi sodir boʻlgan. Buning oqibatida ushbu millatlarning bugungi hayoti, urf-odatlarida, ovqatlanishida, oilaviy munosabatlarida, davlat boshqaruv uslublarida – umumiy jihatlarini topish mumkin. Bu qirgʻiz, oltoylik, qozoq va azaliy sibirlikni bir-biriga deyarli qarindosh qiladi”, - deydi “Katta Oltoy” ilmiy-taʼlim markazi rahbari, OltDU prezidenti Sergey Zemlyukov.
Ushbu ekspeditsiyaning eng yorqin lahzalarini fotolentamizda tomomosha qiling. Uni tayyorlashda Oltoy Davlat Universitetining “Katta Oltoy” oltoychilik va turkologiya ilmiy-taʼlm markazi, J. Balasagыn nomidagi Qirgʻiziston Milliyo universiteti, Qirgʻiz Respublikasining Milliy Ilmiy Akademiyasi huzuridagi B. Djamgerchinov nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya instituti yordam berdi.
Turkiy millatlarning chorvachilikka asoslangan turmush tarzi umumiy madaniy-genetik fond bilan bogʻliq. Turli xil hayvonlardan iborat katta poda boqish odati bugun ham saqlanib qogan. Bu anʼanaviy ovqatlanish tizimining barqarorligini taʼminlaydi. Bu haqida etnografik tavsiflarda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida ham maʼlum boʻlgan.
Qirgʻiziston Respublikasining shimoliy hududlarida— Isssq-Koʻl va Narin viloyatlarida — chorvachilik bilan shugʻullanuvchi oilalar ulushi juda katta. Yuqori togʻ bagʻirlarida joylashgan yaylovlar Qirgʻiziston va qoʻshni hududlar uchun goʻsht va sut mahsulotlari manbaalari hisoblanadi.
Shuningdek chorva jun manbai ham, undan kigiz yasaladi. Odatda kigizdan oʻtov qurishda foydalaniladi. Turkiy millatlarda undan hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Chorvachilar bugun ham yuqori togʻ sharoitlarida oʻtovlarda yashaydi. Chunki u yerlarda boshqa xil turar joy qurishning imkoni yoʻq. Undan tashqari oʻtovlarni baʼzan shahar va qishloqlarda ham uchratish mumkin. Undan qoʻshimcha uy yoki bayram bezagi sifatida foydalaniladi. Jumladan Oʻzbekistonda ham.
“Oʻzbekistonda koʻchmanchilik anʼanalari ajdodlarning badavlat xotirasi sifatida eʼzozlanadi. Shu sababli ham oʻtovlar bugun ham Xorazm, Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo va Qashqadaryoda uchrab turadi”, - deydi Mirzo ulugʻbek nomidagi universitet professori, filologiya fanlari doktori Yakutxon Mamatova.
Bugungi kunda Qirgʻizistondagi Kizыl-Tuu qishlogʻi oʻtov yasash markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustalar qishlogʻi nafaqat Qirgʻizistonda balkim undan tashqarida ham mashhur.
“Turkiy millatlarda oʻz-oʻzini anglash, etnik madaniyat gullashi keskin oshib bormoqda va ular bu dunyoda oʻz oʻrnini izlamoqda. Oʻtov, gilam va boshqa narsalar ishlab chiqarish zamonaviy sharoitlarga, zamonaviy bozor va turizm sohasiga moslashmoqda. Shunday qilib, sohaning qayta tugʻilishi va davom etishi uchun imkon yaratilmoqda”, - deydi “Katta Oltoy” ITM ekspeditsiyasi tashkilotchisi AltDU Tarix va xalqaro munosabatlar instituti direktori Ivan Nazarov.
Turkiy millatlar kigiz yordamida nafaqat oʻtovlarni issiq saqlash balkim undan gilamlar yasash bilan shugʻullanishgan. Bu ish bilan, eski anʼanalarga muvofiq, asosan ayollar shugʻullanishadi.
2012 yilda YUNESKO qirgʻiz kigiz kilamlari— shirdakini — Insoniyat nomoddiy madaniy maʼrosi roʻyxatiga kiritgan edi.
Turkiy millatlarning yana bir madaniy meʼrosi bu dostonlar – qoʻshiq uslubida ayiladigan qadimiy rivoyatlar. Ularda odatla oʻrta asrlar davrida sodir boʻlgan turli voqealar, boshqa qabilalar bilan kurash va oʻz vataniga ega boʻlish haqidagi voqealar hikoya qilinadi. Qirgʻizistonda bunday asarlar “Manas” deyiladi.
Qadimiy rivoyatlar aytuvchisi – qirgʻiz, qozoq, oʻzbek, oltoy va boshqa millatlarda yuqori obroʻga ega boʻlgan shaxs hisoblanadi. Odatda xalq orasida ularni kelajakni biladigan va gʻayrioddiy qobiliyatlar egasi deb hisoblashadi.
“Oʻzbekistonda sobiq koʻchmanchilar hayoti va turmush tarzini oʻrganishga qaratilgan keng koʻlamli izlanishlar hali oʻtkazilmagan. Ilmiy va amaliy jihatdan bunday izlanish juda katta shov-shuvga sabab boʻlishi ham mumkin. Amaliy jihatdan esa tarixiy-madaniy va maishiy-xoʻjalik koʻnikmalardan bugun ham foydalanish mumkin boʻlardi. Ayniqsa bunga ehtiyoj boʻlgan hududlarda va turistik maqsadlarda. Sayyohlar nafaqat xorijiy balkim boshqa hududlardan kelgan mahalliy turistlar ham boʻlishi mumkin. Ular uchun koʻchmanchi turmush tarzi toʻliq ekzotika boʻladi”, — deydi Plexanov nomidagi RIUning Toshkent filiali dotsenti falsafa fanlari nomzodi Ravshan Nazarov.
Ekspeditsiyaning birinchi natijalarini OltDUda boʻlib oʻtgan Ikkinchi Xalqaro oltoychilik forumida keltirildi.
“Katta Oltoy”ning turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi oʻxshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi Rossiya Fan va oltiy taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Yaylovdan qaytayotgan poda, Narin viloyati, At Bashi qishlogʻi

Yaylovdan qaytayotgan poda, Narin viloyati, At Bashi qishlogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
1/8

Yaylovdan qaytayotgan poda, Narin viloyati, At Bashi qishlogʻi

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Suv ichayotgan otlar, Narin viloyati, (Djayloo) Son-Kol qishlogʻi

Suv ichayotgan otlar, Narin viloyati, (Djayloo) Son-Kol qishlogʻi  - Sputnik Oʻzbekiston
2/8

Suv ichayotgan otlar, Narin viloyati, (Djayloo) Son-Kol qishlogʻi

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Yozgi yaylovda choʻponlar manzilgohi, Son-Kol Narin viloyati

Yozgi yaylovda choʻponlar manzilgohi, Son-Kol Narin viloyati - Sputnik Oʻzbekiston
3/8

Yozgi yaylovda choʻponlar manzilgohi, Son-Kol Narin viloyati

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Mehmon oʻtovi, Kizil-Tuu qilshlogʻi

Mehmon oʻtovi, Kizil-Tuu qilshlogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
4/8

Mehmon oʻtovi, Kizil-Tuu qilshlogʻi

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Usta oʻtovning yogʻoch qismlarini birlashtirmoqda, Kizil-Tuu qishlogʻi

Usta oʻtovning yogʻoch qismlarini birlashtirmoqda, Kizil-Tuu qishlogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
5/8

Usta oʻtovning yogʻoch qismlarini birlashtirmoqda, Kizil-Tuu qishlogʻi

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Kigiz gilam ustasi

Kigiz gilam ustasi  - Sputnik Oʻzbekiston
6/8

Kigiz gilam ustasi

© Sputnik / Viktor Chernov

Manaschilar yoshlarga Manas, Semetey, Seytek kabi qirgʻiz botirlarining hayoti va harbiy yurishlari haqidagi dostonlarni aytib bermoqda

Manaschilar yoshlarga Manas, Semetey, Seytek kabi qirgʻiz botirlarining hayoti va harbiy yurishlari haqidagi dostonlarni aytib bermoqda  - Sputnik Oʻzbekiston
7/8

Manaschilar yoshlarga Manas, Semetey, Seytek kabi qirgʻiz botirlarining hayoti va harbiy yurishlari haqidagi dostonlarni aytib bermoqda

© Iz lichnogo arxiva Ivana Nazarova

Ekspeditsiya otryadi Tash-Rabat yodgorligi oldida, At-Bashi tumani, Narin viloyati

Ekspeditsiya otryadi Tash-Rabat yodgorligi oldida, At-Bashi tumani, Narin viloyati - Sputnik Oʻzbekiston
8/8

Ekspeditsiya otryadi Tash-Rabat yodgorligi oldida, At-Bashi tumani, Narin viloyati

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala