Turkmaniston prezidenti yana to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi – video

© AFP 2023 / IGOR SASINPrezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuhamedov o‘qotar qurolidan foydala olish mahoratini Ashxobod yaqinidagi tumanlarga tashrifi davomida ko‘rsatdi.
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov to‘pponchadan bexato o‘q otish mahoratini namoyish qildi. Bu haqda mamlakatning “Altyn Asyr” telekanali xabar qildi.
Berdimuhamedov o‘qotar qurolidan foydala olish mahoratini Ashxobod yaqinidagi tumanlarga tashrifi davomida ko‘rsatgan. U yerda davlat rahbari harbiylar va kuch ishlatar idoralarining xo‘jalik boshqaruvini tashkil etish ishlari bilan tanishgan.
“Davlat rahbari bir necha bor nishonni mo‘ljalga oldi va barcha o‘qlar mo‘ljalga borib tegdi. Bu millat yetakchisining yuqori mahoratidan dalolat beradi”, - deb xabar qildi turkman televideniyesi.
Gurbanguli Berdimuhamedov sportning harbiy-amaliy turlari bilan shug‘ullanish barcha shaxsiy tarkiblar uchun zaruriy talab ekanini qayd etgan. Prezident nishonda o‘z imzosini qoldirgan.
Avvalroq Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0