Jamiyat

FVV is gazidan saqlanishning asosiy qoidasini tushintirdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishDыm iz pechnoy trubы - illyustrativnoye foto
Dыm iz pechnoy trubы - illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Is gazidan saqlanish uchun birinchi navbatda isitish pechi va tutun chiqaruvchi dudboʻron soz boʻlishi kerak.
TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Is gazidan saqlanishning oddiy qoidalarini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda "Oʻzbekiston 24" telekanali.
"Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga boʻlgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart istish moslamalaridan foydalanadi, - deydi FVV boshqarma boshligʻi Abdusami Ahmadov. - Har qanday yoqilgʻi yongan vaqtda oʻzidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosida xona ichida joylashgan istish moslamalari soz holatda boʻlishi kerak.
Birinchi oʻrinda bu - istish pechlari, ikkinchi oʻrinda - tutun chiqaruvchi dudboʻronlar. Dudboʻron soz boʻlsayu pech nosoz boʻlsa, u pech ichidagi hamma gazlarni tortib ketadi va pechning ozgina nosozligi sezilmaydi.
Lekin pech soz boʻlsayu dudboʻron soz boʻlmasa - bu baxtsiz va koʻngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli dudboʻron sozligining asosiy qoidalarini yana bir bor eslatib oʻtmiz:
dudboʻron vertikal shaklda tomga chiqishi kerak;
dudboʻron uchi chordoqning ustidan ham 50-60sm koʻtarilgan boʻlishi kerak. Oʻshandagina biz yoni jarayonida hosil boʻlgan zaharli gazlarni atmosferaga chiqib ketishini taʼminlaymiz;
dudboʻronni biz bir marotaba 90 gradusga bukadigan boʻlsak. uning tortish kuchi bir necha barobar kamayib ketadi, demak zaharlanishga olib kelish ehtimoli bir necha barobar oshib ketadi.
Maʼlumot uchun is gazi (SO2) - juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi rangi va taʼmi yoʻq. Is gazi inson organizmiga kirganidan soʻng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan taʼminlash funktsiyasi izidan chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda har yili isitish mavsumi boshlanish vaqtida bir necha kishi is gazi qurboniga aylanmoqda. 2021 yilda ham afsuski ana shunday qurbonlar soni allaqachon 20dan oshib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala