Kolumnistlar

Kutilmagan Dostoyevskiy — satira va detektivlar muallifi

© Sputnik / Aleksey SverdlovKartina Perova "Portret Dostoyevskogo". 1857 god.
Kartina Perova Portret Dostoyevskogo. 1857 god.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Aksariyat Dostoyevskiyni 19 asr tanqidchisi va qadriyatlar qoʻriqchisi deb biladi, lekin bugun biz yozuvchi bilan oʻtkir satira ustasi va detektivlar muallifi sifatida tanishamiz.
TOSHKENT, 11 noya —Sputnik, Pavel Surkov. Bugun butun dunyo Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy tavalludining 200 yilligini nishonlamoqda. Rus yozuvchilari orasida boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilinadigan, demak eng koʻp oʻqiladigan, ommaviy va taniqlisi – soʻzsiz Dostoyevskiydir.
Fyodor Mixiaylovich asarlarining dolzarbligi bugun ham oshgan boʻlsa oshgan-ki, kamaygani yoʻq. Aksariyat Dostoyevskiyni XIX asrning bosh tanqidchisi, qadriyatlar qoʻriqchisi va bosh nasihatgoʻyi deb biladi. Lekin bugun biz yozuvchi bilan oʻtkir satira ustasi va detektivlar muallifi sifatida tanishamiz.
Olimlar va pubilitsistlar Dostoyevskiy obrazini tahlil qilganda aksariyat hollarda u kishi ijodining maʼnaviy va ijtimoiy tomonlariga asosiy eʼtiborni qaratishgan. Darhaqiqat bu sohada aytadigan gapning oʻzi qolmagan: Fyodor Mixaylovich matnlaridagi barcha falsafiy tubmaʼnolar adabiyot kritiklari tomonidan topilgan va batafsil tahlil qilib boʻlingan.
Lekin daho ijodining belletristik, satirik jihatlari professional tahlilchilar nazaridan chetda qolmoqda. Vaholanki, yozuvchining dunyo miqyosida tan olinishida uning asarlaridagi voqealar zanjiri (syujet, fabula) ham juda katta rol oʻynagan.
Fyodor Mixaylovich oʻz asarlari uchun adabiy uslub tanlaganda bir narsani juda yaxshi tushungan. Oʻquvchiga nima bilan tugashi nomaʼlum boʻlgan, qiziqarli voqealar zanjiri kerak. Yaxshilab qarasa, Dostoyevskiy asarlarining aksariyati – detektivlardir.
Masalan “Jinoyat va Jazo” – bu shunchaki detektiv emas. Biz bir qotillikning guvohi boʻlamiz, soʻngra ushbu jinoyatning ochilishini guvohi boʻlamiz hamda jinoyatchining pushaymon qilishini his qilamiz. Muallif bizni goʻyoki jinoyatchi tanasining ichiga solib qoʻygandek tuyuladi...
© Sputnik / RIA NovostiGeorgiy Taratorkin v roli Raskolnikova
Georgiy Taratorkin v roli Raskolnikova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Georgiy Taratorkin v roli Raskolnikova
Dostoyevskiy buni Gʻarbda ana shunday uslubda yozilgan detektivlar paydo boʻlishidan ancha oldin yozgan. Agata Kristining " Rodjer Ekroydning oʻldirilishi" romani jinoyatni sodir etgan kishi nomidan yozilgan birnchi asar boʻlgan edi.
Mukammal yozuvchilik qobiliyatiga ega boʻlgan Dostoyevskiy jinoyatchi obrazini shunchalik mahorat bilan tasvirlaydi-ki, oʻquvchi Raskolnikovning his-hayajonga boy ichki dunyosini oʻzida his qiladi, unga rahmi keladi va qariyani nima sababdan oʻldirganini juda yaxshi tushunadi.
Yozuvchining boshqa asarlarini oʻqigan odam ham xuddi ana shunday his qiladi: “Telba”da – biz voqealar ketma-ketligi qotil Rogojinnni qay tarzda ortga qaytmas nuqtaga olib kelganini koʻramiz. “Jinlar”da esa terrorchi guruh aʼzolari bilan yaqindan tanishamiz. “Aka-uka Karamazovlar” esa – ideal tuzilgan sud detektiv - har bir qahramonda oʻz otasi qotili boʻlish uchun yetarlicha motivatsiya bor.
© Sputnik / RIA NovostiYuriy Yakovlev v roli knyazya Mыshkina na sʼyemkax kinofilma "Idiot".
Yuriy Yakovlev v roli knyazya Mыshkina na sʼyemkax kinofilma Idiot. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Yuriy Yakovlev v roli knyazya Mыshkina na sʼyemkax kinofilma "Idiot".
Albatta, tajribali adabiyotshunos bunday nuqtai nazarni mensimasligi yoki kni yuzaki deb atashi mumkin. Chunki Dostoyevskiy asarlarida har doim maʼnaviy qadriyatlar voqelikdan ustun turgan.
Lekin har qanday oʻquvchi kitob oʻqiganda birinchi navbatda syujet ortidan boradi, muallifning chuqur mulohazalari esa unga keyinchalik asta-sekin ochiladi. Syujet yaratishda Dostoyevskiyning ustaligiga esa umuman hech kim shubha qilmaydi.
Yozuvchining oʻzi ham buni juda yaxshi bilgan va oʻz zamondoshlari orasidagi raqiblari bilan baʼzida oʻz asarlarida “hisob-kitob” qilgan. Ana shunda koʻz oldimizda mutlaq notanish boʻlgan oʻtkir tilli satirachi Dostoyevskiy paydo boʻladi. Masalan, uning”Timsoh” nomli hikoyasini olaylik – juda kulguli hikoya. Unda bir kichik amaldor hayvonot bogʻiga boradi va u yerda timsohning shu qadar jigʻiga tegadiki oxir oqibat timsoh uni yutib yuboradi. Timsohning qorniga tushgan amaldor u yerda oʻzini juda yaxshi his qiladi va oʻsha yerdan turib gaplasha boshlaydi.
Xuddi shunday oriqqina, “ushlagan joyini uzib oluvchi” koʻzoynakli amaldor obrazida Dostoyevskiyning zamondoshlari Chernыshevskiyga parodiyani koʻrishadi. Yozuvchi esa bu ayblovlarni rad etib hech kimni nazarda tutmaganini aytadi.
© Sputnik / V. KiselevPortret Chernыshevskogo
Portret Chernыshevskogo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Portret Chernыshevskogo
Balkim haqiqatdan ham bu Chernыshevskiy boʻlmagan, ehtimol oʻsha vaqtlarda ham real hayot haqida yaxshi bilmasdan turib gʻarbiy turmush tarzini maqtab hammaga aql oʻrgatadigan maydakash amaldorlarning qandaydir yigʻma obrazi boʻlgan. Yozuvchi qahramoni ham timsoh qornidan sogʻ omon chiqib yana hammaga aql oʻrgatishda davom etadi.
Dramaturg va adabiyotshunos Yuriy Tыnyanov Dostoyevskiy asarlarida hatto qariya Gogolning ham parodiyasini topgan. Dostoyevskiy uni mashhur Foma Opiskin obrazida aks ettirgan.
© Sputnik / Yuriy KaverPortret pisatelya N.V.Gogolya
Portret pisatelya N.V.Gogolya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Portret pisatelya N.V.Gogolya
FomaOpiskin – “Stepanchikovo qishlogʻi va unda yashovchilar” asarining qahramoni. U oʻzini juda yaxshi koʻradi, hammaga yashashni oʻrgatadi, bir vaqtlar yozuvchi boʻlishni orzu qilgan, lekin tanqidga uchrab hech nimaga erisha olmagan. Shundan beri har qanday muvaffaqiyatni koʻrganda oʻzidan zahar chiqaradigan boʻlib qolgan kishi. Ayrimlar ushbu obrazda qarigan Gogolni koʻrishlari bejiz emas. Adabiyotshunoslar yoshlikda Gogolning muxlisi boʻlgan Dostoyevskiy ushbu asarini yozganidan soʻng unda “Gogol davri tugagan” deyishadi.
Yoki “Jinlar” asarida yozuvchi Karmazinov obrazi. Bunda qahramon oʻzining "Merci" hikoyasini oʻqib beradi. Unda juda koʻp tabiat manzaralari, birinchi muhabbat haqidagi xotiralar, turli xorijiy bastakorlarning ismlari sanab oʻtilgan. Bu obrazda koʻpchillik Ivan Turgenev karikaturasini koʻrishadi.
Dostoyevskiy va Turgenev munosabatlari oddiy boʻlmagan. Ular omma oldida oʻzaro kelishmovchiliklarni namoyish qilishmasa-da, adabiyot sohasida bir-birlarini tanqid qilib turishgan. Bir safar Dostoyevskiy Turgenevdan qarta oʻyinida yutqazgan Dostoyevskiyga qarz ham berib turgan. Dostoyevskiy esa karzni juda kech qaytargan. Lekin “Jinlar” asarini oʻqigan Turgenev Karmazinov obrazi unga karikatura qilinganini payqaydi va Dostoyevskiy bilan munosabatlari yanada buziladi. Lekin Dostoyevskiy munosabatlarni yaxshilashga urinadi.
Fyodor Dostoyevskiy biografiyasining ushbu tomonlari unda yanada chuqur va yorqin klassik yozuvchi obrazini yaratadi. Bunda biz u bilan nafaqat “ommaviy aql oʻrgatuvchi va nashatgoʻy” obrazida, balkim biroz xayol surayotgan, yorqin va oʻtkir soʻzli yozuvchi sifatida tanishamiz.
© Sputnik / RIA NovostiPortret I.S. Turgeneva bratyev Kurnakovыx (reproduktsiya)
Portret I.S. Turgeneva bratyev Kurnakovыx (reproduktsiya) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Portret I.S. Turgeneva bratyev Kurnakovыx (reproduktsiya)
Dostoyevskiyning oʻz zamondoshlariga biroz noqulay, bahsli va tushunish qiyin boʻlgan obrazi uning bugungi kunda ham eskirmayotgan dolzarbligidan darak beradi. Yozuvchi ijodining shunday qatlamlari borki, ularni oʻrganish uchun yangi izlanishlar yangi oʻquvchilar diqqati va albatta tushunish kerak.
Bizda bugun ham Dostoyevskiy ijodida kashf qilishimiz mumkin boʻlgan, u bilan bahslashishimiz mumkin boʻlgan mavzular bor. Yozuvchining oʻzi ham bunga har doim tayyor boʻlgan va tanqidiy qarashlardan oʻzini chetga tortmagan. Undan tashqari yozuvchi ularga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz asarlarida javob berish imkoniga ega boʻlgan. Syujet ustasi, yana nima ham deyish mumkin!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala