Jamiyat

Mashhur oʻzbekistonlik sartarosh Ginnesc rekordini oʻrnatmoqchi - video

© Iz lichnogo arxima Shuxrata IsmatillayevaParikmaxer Shuxrat Ismatillayev
Parikmaxer Shuxrat Ismatillayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Oʻzbekistonlik sartarosh Ginnesc rekordlari kitobiga daʼvogarlik qilmoqda.
TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Mashhur oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev oʻn soatda 100 kishining sochini olishni maqsad qildi.
Agar usta muvaffaqiyatga erishsa, Ginnescning rekordlar kitobiga kiradi.
Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik boʻyicha xalqaro chempionatlarning gʻolibi sifatida tanilgan.
Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillayev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida koʻchada soch oladi.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillayev oʻz faoliyatini Yangiyoʻl tumanidagi goʻzallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil oʻtgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018 yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.
Rossiyalik ustalaridan dars olib, u oʻzining birinchi xalqaro gʻalabalarini qoʻlga kirita boshladi. Hozir Shuhrat oʻzi shogirt tayyorlamoqda.
"Men bu haqda uzoq oʻyladim va Ginnecs rekordini oʻrnatishga qaror qildim - oʻn soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.
Oʻzbekiston sartaroshlar uyushmasidan maʼlum qilishicha, tadbir Oʻzbekiston Turizm va sport vazirligi koʻmagida 13 noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala