Iqtisod

Oʻzbekiston poyabzal eksporti kamaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObuv, proizvedennaya v Djizakskoy oblasti
Obuv, proizvedennaya v Djizakskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2021 yilda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar 14%ga kam oyoq kiyim eksport qilishdi.
TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Ushbu yilning 9 oyda Oʻzbekiston 14 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan. Aytish joizki ushbu koʻrsatgichlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 mln. AQSH dollariga kam.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 24,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlar eksport qilgan. Eng koʻp oyoq kiyimi eksport qilingan davlatlar:
Qirgʻiziston Respublikasi – 13,7 mln. $
Qozogʻiston – 5,7 mln.$
Tojikiston – 3,7 mln. $
Rossiya – 700 ming $
Afgʻoniston – 568 ming $
Respublika ichida poyabzalchilik eng koʻp rivojlangan hududlar Andijon viloyati – 9,6 mln. dollarlik oyoq kiyimlari ishlab chiqargan. Samarqand viloyati – 5,8 mln., Fargʻona – 5,3 mln., Toshkent viloyati – 1,5 mln. dollar.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 30 oktyabrida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston oyoq-kiyim sanoatining 1,5 milliard dollarlik eksport salohiyati borligini, lekin hozircha poyabzal eksporti 200 mln dollarga yetmayotganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek prezident "Oʻzcharmsanoat" oldida yaqin yillar ichida eksport hajmini kamida 2 baravar oshirish vazifasini qoʻygan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala