Migratsiya

Pilot loyiha: 29 nafar oʻzbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

© Sputnik / Pavel LvovRabochiye na stroitelnoy ploщadke
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Pilot loyiha boʻyicha fuqarolarning dastlabki guruhi ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi.
TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga soddalashtirilgan tartibda ishga joʻnatish boʻyicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovlardan oʻtgan dastlabki guruh – 29 nafar oʻzbekistonlik Toshkent – Moskva yoʻnalishidagi aviareysi orqali “PIK-Industriya” qurilish kompaniyasida ishlash uchun joʻnab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Migratsiya
Mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi
Joriy yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari A.Pudov boshchiligida Qurilish va uy-joy xoʻjaligi, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Rostrud, Moskva hukumati hamda yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delagatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida “Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻn ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga joʻnatish boʻyicha pilot loyihasi” imzolangan edi.
Pilot loyihasi doirasida ishga yuborilayotgan fuqarolarga Rossiyada ishlash ruxsatnomasi, yaʼni patentni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlar, tibbiy koʻrik, barmoq izlarini olish Rossiya ish beruvchilari mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala